Get Mystery Box with random crypto!

Jinoyat va jazo Yoshlari 60 dan oshgan ustozimizga forma va s | Shamseconomy

Jinoyat va jazo

Yoshlari 60 dan oshgan ustozimizga forma va soqolning taʼlimga hech qanday taʼsiri yoʻqligini isbotlab berdik.

Keyin esa men 10 daqiqa darsga kech qolishning jazosi 80 daqiqalik darsga kiritilmasligi mantiqsizlikdan boshqa hech narsa emasligini tushuntirdim. Ustoz fikrimga qoʻshildi.

Bu taklifga ham talabga ham bolta urishdek gap.

Bu huddi tanqis vaziyatda sutga suvni aralashtirib sotayotgan doʻkonlarni yopib qoʻyishga oʻxshaydi. Bunday doʻkonlarni yopish bu holatlarni yanada koʻpaytirib yuboradi, taklifni qisqartirish orqali jazolash yanada tanqislikni keltirib chiqaradi. Ya'ni narx koʻtariladi talab ortgach yana shunday sutli suv sotadigan doʻkonlar paydo boʻladi.

Hudo hohlasa qolganlar ham tushunib qolar, hozircha qoʻlimizdan keladigani shu boʻlsa kerak.

@Shamseconomy