Get Mystery Box with random crypto!

Ularning suhabtini telefon ovozi bõldi, kim qõng'iroq qilayotg | Sevgi Hikoyalari😊

Ularning suhabtini telefon ovozi bõldi, kim qõng'iroq qilayotganini kõrib Munisaning rangi oqardi.
— Oh, ana! Opam bilgandek telefon qilyapti. Nima deyman hozir unga?-, tashvishlanib gapirdi.
— Javob bersangi, hadeb qaltiramasdan!,- dedi eri jahl aralash.
— Alo assalomu alaykum opa, ahvollaringiz yaxshimi?
— Alo, Munis, Xadicha uydami? Nega telefoni õchiq? Telefonga chaqir, bir narsani sõramoqchi edim...
Xadicha qõrqinchli kõchalardan haliyam ketishda davom etardi. Shu uylarning barisida bir vaqtlar bitta zavodda ishlagan odamlar yashaganiga haliyam ishongisi kelmaydi. Shuncha inson-a? Ammo bularning bari bir vaqtlar bõlgan, hozir unday emas. Shu vaqt telefonidagi qõshiq tugab atrofdagi tovushlarni eshita boshladi. U shuncha paytdan beri ortidan kimdir kelayotganini endi eshitdi, boshida e'tibor bermadi, ammo ortiga bir qarab haligi odamning yuzini kõrib qorqib ketdi. Kõrinishidan yaxshi odam emasligi bilinardi. Birdan yelkasidagi sumkasini mahkam ushladi, axir unda xolasiga eson omon olib borishi kerak bõlgan tilla bor edi-da. Yana birovning tillasi! Balki shunaqa tuyulyotgandir deb qadamini tezlatdi, ortidan kishi ham izidan qolmasdi. Telefonidagi qõshiqni tõxtatdi, lekin quloqchinni yechmadi. Huddi u haliyam qoshiq eshitib ketayotgandek kõrsatdi õzini. Xadichaga aldangan kishi esa kim bilandir telefonda bemalol gaplasha boshladi.
— Ha aytyapman-ku, yaxshi õlja deb! Huddi oltin baliqcha. Meni sezmaydi ham xavotir olma. Bu haqida hech kim bilmaydi. Biror narsa deyishga ulgurmaydi ham... Yõq yõq janjal qila olmaydi. Biror odam yõq joyga... Ha kelaver, seni kutib turaman. Har doimgidek... Yaxshi men uni kõzdan qochirmasligim kerak.
Xadichaning yuragi tovoniga tushib ketdi. U haqida gap borayotganiga tõliq ishonchi komil edi, chapdagi kõchada odamlar gavjum degan umidda shu tarafga qayrildi. Afsuski har doim gurunglar avjiga chiqdigan kõchada birorta ham odam yõq edi. Osha kishi ham uning ortidan qayrildi. Ozginadan sõng butunlay zimistonga aylanadigan bu kõchalar endi u uchun dahshatli makonga aylandi. Ilk bahorning mayin shabadasi ham õz ma'nosini yõqotdi. U piyoda borishga qaror qilganiga, aynan shu kõchalardan yurganiga qattiq afsuslandi. Onasining gaplari quloqlari ostida jaranglardi. ” Juda kõp qotilliklar bõlardi, hech kim yordam berolmas, faqat jasadlarini daraxtlar orasidan topishardi”
Miyasiga yashin tezligida kelgan fikrdan quvonib ketdi. Duch kelgan ko'p qavatli uylar ichiga kirib ketadida osha yerda yashirinib turadi. Afsuski eshiklari qulfli bõlib shunchaki kirib bõlmasdi. Baxtiga eshiga lang ochiq uyga duch keldi, kirdi-yu eshigini ichkaridan yopdi. Kodini bilmasa ocha olmaydi albatta! Ikkinchi qavatga chiqdi-da nafasini rostlay boshladi. Oynadan qarab o'sha odam eshik tagida turganini kõrdi. U nima qilyapti? Nega haliyam ketmayapti? Rosdan ham Xadichani kuzatganmidi?
Tepadan kimningdir oyoq tovushlari eshitildi. Kim bõlsa ham u hozir tashqariga chiqadi va eshikni ochiq qoldiradi, keyin... keyin Xadicha qõrqqan on keladi. Hech nima bõlmaganday turarkan yonidan bir yigit õtib ketayotganini kõrdi. U negadir qayta qayta Xadichaga qarab qõydi. Notanish qizni bu yerda nima qilayotganiga hayron bõldi. Pastda eshik ochilib yopilgani eshitildi. Sukunat bir-ikki daqiqaga chõzilgan bõlsa-da, huddi butun umrdek tuyuldi unga. Eshiklar qayta ochildi va ichkariga kimdir kirdi. Tepaga kimdirning chiqayotgan qadam tovushini eshitgan qiz biroz õng'aysizlandi va qaror qabul qilib õzi ham tepaga chiqishni boshladi. Õg'ridan qutilishning yagona yõli birorta uyning eshiga yoniga borib olib huddi uyiga kirib ketayotgandek òzini kõrsatish ma'qul kõrgan Xadicha duch kelgan eshik yoniga turib oldi-da, sumkasidan kalit qidirayotgandek bõldi. Baxtiga ichkariga kirgan uni qõrqitayotgan odam emas, balki hozirgina yonidan õtib ketgan yigit ekanligini kõrib xotirjam bõldi, lekin vaziyatni boy bermay, õzini uyining kalitini olib gõyoki eshikni ochmoqchi bõldi. Boyadan beri bõlayotgan shaqir shuqurdan uydan hech kim chiqmaganligi uchun bu uyda hech kim yõqligiga amin edi.