Get Mystery Box with random crypto!

Hushbo'y zanjabil 1-bob. Ilk tanishuv Xadicha bozordan chiqdi | Sevgi Hikoyalari😊

Hushbo'y zanjabil
1-bob. Ilk tanishuv
Xadicha bozordan chiqdi-da, yõlga qaradi, qõlida atigi ikkita paket. Yelkasida uzun sumkasi, uyigacha esa 3 ta bekat. Piyoda borsa ham bõladi, biror avtobusga chiqib olsa ham bõladi. Ammo duch kelgan avtobusni kutish ham vaqtni oladi. Piyoda yursa ham shu vaqt ketadi. Hozir qishdan bahorga õtar palla bõlib, kunlar ancha isiy boshgalan mahal edi. Kõchada mayim shabada esardi, bunaqa havoda kõchani mazza qilib aylansa bõlardi. Agar piyoda ketsa bu havodan istagancha bahramand bõla oladi. Kurtkasining oldini oxirgacha taqdi-da, kõp qavatli uylar ichiga kirib ketdi. Qulog'iga quloqchinni taqib qõshiqni baland qildi. Kun ham kech bõlib quyosh bota boshlagan shom mahali edi. Atrofga õzgacha gõzalik bag'ishlangandi. Atrofdagi qurilganiga qirq yildan oshgan kõp qavatli uylarni kuzatib ketardi. Esida bir vaqtlar oyisi bilan shu kõchalardan õtarkan bu kõchalarda juda kõp qotilliklar, ancha-muncha yomon ishlar sodir bõlganliklari haqida eshitgandi. " Aynan shu bog'cha bilan maktab orasida va orqasida kichkina qizchalarni, bolachalarni õldirib ketshardi. U vaqtlar bu yerda daraxtlar kõp bõlardi, õrmonzor edi. Shom bõlishi bilanoq hech nima kõrinmay qolardi. Hatto ovozlar ham eshitilmaymasdi bu yerda. Agar shu atrofda kimdir yõqolsa, darrov mana shu yerdan izlashardi. Va doimgidak aynan shu daraxtlar orasidan topishardi jasadini! Hozir kõp daraxtlarni olib tashlashgan, bu yerda nima bõlayotgani kõrinadi, lekin orqa tomoni hali hamon xavfli va fayzsiz joylar!",- degandi õshanda oyisi bolalik xotiralaridan bir parcha eslab. Hozir u shu kõchadan qõrqmasdan yurib borardi, hatto unga hozir shunaqa xavfli va fayzsiz kõchalar juda qiziqarli edi. Har bir kõrgan narsalarini tahlil qilib ketardi Ochilmagan jumboqlarga, õziga tortuvchi sirli joylarga kõp qiziquvchan bu qiz bularning barini yaxshilik bilan tugamasligini bilmasdi...

— Uff, bu qiz qayerda qoldi-ya? Shunaqa ham kech qoladimi? Ketganiga besh soatdan oshdi-ya!,- Munisa qõlidagi telefonini stol ustiga qõydi. Divanda bamaylihotir o'tirgan, televizorning pultini ushlab olib u kanaldan bu kanalga erinmay õtqazib õtirgan eriga qaradi. Baxtiroy hatto pinagini ham buzmadi.
— Senga aytgandim, õqishidan chiqishi bilan borib kelaversin, bir yõla olib keladi dedim,- dedi erinibgina.
— Ey, uyga kelib choyini ichib olsin degandim-da! Kõchani ovqatini yeb bõlmaydi. Kiymini alishtirib bemalol borib keladi degandim. Õzi atigi bir haftaga kelgandi, endi opamga nima deyman?!
— Hovliqmasangchi, telefon qil,- dedi eri jahl bilan.
— Qildim!,- dedi Munisa bundan battar asabiylashib. — Bir õchgan deyabdi, bir xizmat doirasidan tashqarida deyabdi. Xullas olmayapti.
Baxtiyor vanihoyat televizordan kõzini uzib xotiniga qaradi, endi uning kõzida ham havotirlanish aks etgandi.
— Shu zarilmidi senga a? Õzi nega opamnikiga jõnatganding?
— Voy, kecha sizga aytgandimku!,- hovliqib gapirishda davom etdi. — Ertaga ishxonamizda bayram bor edi. Shunga õtirish qilayotgandik. Kõylagimga mos taqinchog'im yõq edi. Huddi shunaqasini opajonda kõrgandim. Ikki kun oldim iltimos qilsam " Xo'p berib turaman , kelin, faqat õzingiz kelib olib keting" degandilar. Kõrdingiz vaqtim bõlmadi. Shunga jiyanimni jõnatgandin uylariga. Atigi bir haftaga kelgandiya uyimizga, bir baloga yõliqmagan bõlsa bõldi,- dedi boyagi gapini qaytarib.
— Opamning uyi besh soatlik yõlmasku?!-, hayron bõldi eri. Munisaning esiga bir narsa tushganday bõldi.
—Bir yõla kelayotganida bozorga kirib, pomidor, bodiring, ha yana mevalar olib kelishini ham iltimos qilgandim. Aytmasam bõlarkan, bitta avtobusda tinchgina uyga qaytib kelardi bechora qizim. Bozorga kirishi uchun ham tushib qolishi kerakku avtobusdan.
— Bõldi tashvishlanma, boshqa payt ham kechki payt kõchaga chiqardi-ku.
— Ikki qadam naridagi dõkonga chiqishini aytyapsizmi?-, istehzo bilan sõradi Munisa. —Albatta, bunaqa joyga chiqa oladida! Oxiri yuragim yomon bolib qolmasa bõldi...