Get Mystery Box with random crypto!

Sertifikat Tarix va Huquq

Telegram kanalining logotibi sertifikatlitarix — Sertifikat Tarix va Huquq S
Telegram kanalining logotibi sertifikatlitarix — Sertifikat Tarix va Huquq
Kanal manzili: @sertifikatlitarix
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.04K
Kanalning ta’rifi

Tarix va Huquq fanidan oliy taʼlimga kirishda koʼmakchi .

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2022-07-29 11:10:02 Slavyan davlatlarining tashkil topishi

Bolgariya podsholigi

Tashkil topishi:
VII asr oxiri
Asos solgan: Asparux (643-701)
Yashagan hududi:
Itil daryosi bo'yla
Yirik davlatga aylangan:
IX asr boshlari
O'z qudratining cho'qqisiga erishgan: Simeon (893-927)
Bosib olgan davlat:
Vizantiya

Chexiya davlati

Tashkil topishi
: X asr boshi
Yashagan hududi:
Vltava daryosi
Qabila itifoqi tepasida:
Prjemislovichlar xonadoni
Qadimiy yo'lboshchisi:
Chex
Knyazi: Vatslav (920-935) ukasi o'ldiragan
Chex davlatinig milliy homiysi avliyosi: Vatslav
XI asr oxiri: German imperatorlari qirol unvonini taqdim etgan

Polsha

Tashkil topishi
: X asr o'rtasi Visla daryosi havzasida
Yashagan hududi: Gnezno atroflari
Bo'lajak Polsha dav asos solgan:
Polyan slavyan qabilalari
Polyaklarni birlashtirib asos solgan:
Meshko I
Afsonaviy asoschisi: Piast
Piastlar sulolasining birinchi knyazi:Meshko I
O'z qo'shini bilan xristianlikni qabul qilgan: Meshko I
Boleslav Jasur:
Polyaklarni birlashtirish tugallangan
Boleslav Jasur:
Moraviya va Chexiyani bosib oldi Keyiv ni qisqa mudatga egalladi, german imperatorlariga qarshi kurashdi Bizning kanal: @Sertifikatlitarix
377 viewsIsaqov Yoʼldashali Valiyevich, edited  08:10
Ochish/sharhlash
2022-07-28 19:38:35 Tashkilotlar
(9-sinf O'zbekiston tarixi darsligi asosida)

1866-yilda Toshkentda mahkama joriy qilingan;

1871-yilda O’rta Osiyo olimlar jamiyati tuzilgan;

1867-yilda Turkiston harbiy okrugi tuzilgan;

1867-yil Toshkentda meteoroligiya stansiyasi tashkil etilgan;

1870-yil Toshkentda Turkiston xalq kutubxonasi tashkil etilgan;

1876-yil Toshkentda Turkiston muzeyi tashkil etilgan;

1877-yilda Toshkentda Duma tashkil etilgan;

1884-yilda Qrimdagi Boqchasaroyda birinchi jadid maktabiga asos solingan;

1884-yilda Toshkentda birinchi rus-tuzem maktabi ochilgan;

1886-yilda Turkiston general-gubernatorligi Kengashi tuzilgan;

1886-yilda Turkiston o’lkasida uchastka mirovoy sudlari tuzilgan;

1886-yilda Buxoroda Rossiya siyosiy agentligi tuzilgan;

1893-yilda Buxoroda birinchi jadid maktabi ochilgan;

1895-yilda Arxeologiya havaskorlari to’garigi tashkil etilgan;

1896-yilda Toshkentda birinchi gimnaziya ochilgan;

1898-yilda Turkiston o’lkasida viloyat sudlari o’rnida okrug sudlari tuzilgan;

1898-yil Toshkent sud palatasi tuzilgan;

1898-yilda Qoʻqon shahrida Salohiddin domla jadid maktabini ochgan;

1899-yil Andijonda Shamsiddin domla jadid maktabini ochgan;

1899-yil Toshkentda Mannon qori jadid maktabini ochgan;

1909-yilda “A-Meta” sindikati tuzilgan;

1910-yilda Buxoro shahrida “Tarbiyai atfol” (“Bolalar tarbiyasi”) jamiyati tashkil etilgan;

1914-yil Toshkentda “Turon” truppasi tashkil etilgan;

1916-yil Qo’qon shahrida Hamza rahbarligida havaskorlar teatri tashkil etilgan;

1917-yilda “Sho’roi Islomiya”, “Ittifoq” tashkilotlari tuzilgan;

1917-yil Toshkentda “Musulmonlar markaziy sho’rosi” tuzilgan;

1920-yil Toshkentda “Inqilobchi yosh buxoroliklarning Turkistondagi markaziy byurisi” tuzilgan.

@sertifikatlitarix
327 viewsIsaqov Yoʼldashali Valiyevich, 16:38
Ochish/sharhlash
2022-07-27 20:48:47 Davlatlar poytaxtlari
Rim imperiyasi-Rim
Fransiya-Parij
Angliya-London
Vizantiya imperiyasi-Konstantinopol
Kiyev Rusi-Kiyev
Arab Xalifaligi-Damashq,Bog‘dod
Usmoniylar imperiyasi-Bursa,Edirna,Istanbul
Dehli sultonligi-Dehli
Oltin O‘rda-Saroy
Xazar xoqonligi-Itil
Yuan imperiyasi-Pekin
Choson-Xanson
Koryo-Sonak
Yaponiya-Kiota
Mo‘g‘ullar imperiyasi-Qoraqurum
Asteklar davlati-Tenochtitlan
Inklar davlati-Kusko
Mali-Niara
Songai-Gao
Bizning kanal:@Sertifikatlitarix
502 viewsIsaqov Yoʼldashali Valiyevich, edited  17:48
Ochish/sharhlash
2022-07-27 17:54:33 БИР ДОНА ПОЙАБЗАЛ

Пойафзал сотувчи янги келтирган молларини пештахтага жойлаштираётганди. Кўчадаги бир болакай уни кузатиб турарди. Сотувчи моллар орасидан бежиримларини ойна томонга қўяркан, болакай пештахтага яқинлашди.
Болакай қўлтиқтаёққа суяниб юрса-да, кўриниши тетик эди. Сотувчи унга кўз ташлади. Шимининг чап почаси тиззасидан шалвираб турарди. Бир оёғи йўқ экан. Болакай кўргазмада турган пойабзалларга бир муддат маҳлиё бўлиб қараб турдида, дўкондан узоқлашди. Сотувчи шошиб ташқарига бош чиқариб:
– Болакай! - дея чақирди.
– Пойабзал олишни мўлжаллаганмидинг? Сенга мос келадиган ажойиб оёқ кийимлар бор.
Болакай унга қайрилиб:
– Ҳақиқатдан ҳам пойабзаллар чиройли экан, - дея табассум қилди.
– Лекин менинг оёғим туғма чўлоқ.
– Менимча бу аҳамиятли эмас! - Сотувчи ташқарига отилиб чиқди.
– Бу дунёда ҳамма нарсаси тугал одамнинг ўзи йўқ. Кимнингдир қўли йўқ, кимнингдир оёғи. Яна кимнингдир ақли, бировнинг эса виждони бўлмайди...
Болакай жим тураверди. Сотувчи эса гапида давом этди:
– Кошки виждонимиз бўлмагунча, оёғимиз бўлмасайди.
Болакай ҳайрон қолди. Сотувчига яқинлашиб:
– Тушунмадим? - деди.
– Шундай, болажон! - деди сотувчи. – Виждонимиз бўлмаса инсон бўлолмаймиз. Оёқларимиз бўлмаса, инсон бўлишимиз мумкин. Зотан инсонни жисми эмас феъл-атвори тўкис кўрсатади. Виждонсизлар жаннатга киролмайдилар. Оёғи йўқлар учун эса жаннатда бу нуқсондан фориғ бўладилар. Ҳатто жисмидан нуқсони бор инсонлар соғлом инсонлардан кўра кўпроқ мукофотга муносиб бўлишлари мумкин.
Болакай яна бир бор табассум қилди. Шу бугунга қадар чеккан изтироблари аригандай бўлди. Сотувчи пештахтага ишора этиб:
– Ҳозир кўрганинг пойабзал сенга ярашади. Кийиб кўрасанми? - деди.
Болакай боши билан "йўқ" ишорасини берди:
– Устига ўттиз лира деб ёзилган экан. Уни ололмайман.
– Ҳозир мавсум тушган пайт, шунинг учун бироз арзонлаштираман. Йигирма лирага туширишим мумкин. Сен унинг бир пойини оласан. Демак, бир пой оёқ кийими учун ўн лира берсанг кифоя қилади.
Болакай бироз ўйланиб турди-да:
– Нариги пойи бирор ишга ярамайди. Ким олади уни?- деди.
– Оббо, роса гапни чўздинг, - дея кулди сотувчи.
– Уни ҳам ўнг оёғи бўлмаган бирор болага сотарман.
Болакайнинг кўнгли бироз тинчлангандай бўлди. Сотувчи ундан: – Мактабга борасанми? - дея сўради.
– Иккинчи синфни тамомладим. Учинчига ўтдим!
– Унда яна ҳам яхши, - деди сотувчи. - Ўқувчи бўлганинг учун беш лирага арзонлаштирамиз. Беш лира қолди. Демак, пойафзал сеники бўлди! Сотдим уни!
Сотувчи боланинг ҳайрат тўла боқишлари орасида дўконга кирди. Пештахтадан болакайга ёққан пойабзални олди. Болакайни ўриндиққа ўтирғизиб, янги оёқ кийимини кийдирди. Эски пойабзалини болакайга кўрсатиб:
– Мен маҳсулотимни сотдим, - деди. – Сен ҳам бу пойабзалингни менга сотсанг мамнун бўлардим.
– Ҳазиллашяпсизми? - қиқирлаб кулди болакай. - Унинг тагчарми ейилиб кетган, эски бир пойабзал бўлса. Шу туришида пулга арзийдими у?!
– Сен қолоқ экансан-ку, кичик дўстим, - деб кулди сотувчи. - Антиквар диган нарсадан хабаринг йўқ эканда. Антиквар нарсалар қанча эски бўлса, шунча нархи ошади. Шунинг учун ҳам менимча оёқ кийиминг ўттиз-қирқ лира турса керак.
Болакай гўё туш кўраётганди. Сотувчининг ҳаяжондан титраётган қўлларидаги қоғоз пулларга кўз югуртирар экан, ўн лиралик банкнотни нари сурди:
– Менимча йигирма лира ҳам етарли. Ҳозир мавсум тушган пайт-ку!
Сотувчи унинг гапини рад этмай ўн лирани қайтиб олди ва болакайнинг ёноғидан ўпди. Қувончи ичига сиғмасди сотувчининг. Агар бутун дўкондаги молларини бир кунда сотиб юборса ҳам ҳозиргидек бахтиёр бўлолмасди. Болакай секин ўрнидан қўзғалди. Гўё қўлтиқ таёққа ҳам эҳтиёжи йўқ эди унинг. Маҳзун табассум билан шундай деди:
– Отам ҳақ эканлар! "Жисмингдаги нуқсон учун ҳеч қачон ўкинма!" - дердилар. Бугун биринчи марта нуқсонимдан ўкинмадим...


"Кўнгил олиш бандани Aллоҳга яқинлаштрадиган ибодатларнинг энг улуғидир”.

Имом Бутий.


Биз шундай кўнгил олишни унутиб қўйдик... Кечиринг, Расулим, биздек умматни...


@sertifikatlitarix
363 viewsIsaqov Yoʼldashali Valiyevich, 14:54
Ochish/sharhlash
2022-07-27 17:42:36 1-Parij Kommunasi
(1789-yil 14-iyuldan 1794-yil 27-iyulgacha)
5 yil

2-Parij Kommunasi
( 1871-yil 26-martdan 28-maygacha)
72-kun yashagan

Parij Kommunasining Islohatlari

Egalari tashlab ketgan korxonalar shu korxona ishchilariga topshirildi.
Majburiy va bepul ta’lim joriy etildi.
Cherkov davlatdan, maktab cherkovdan ajratildi.
Mehnatkashlaming uy-joy haqini to‘lash muddatlari kechiktirildi.
Ishsizlari ish bilan ta’minlash idorasi tuzildi.
Xususiy mulk bo‘lib kelgan temiryo‘l idoralarini Kommuna o‘z ixtiyoriga oldi va ishlab chiqarish ustidan nazorat o'rnatdi.


Parij Kommunasining faoliyatidagi xatolari

Parij dan qochib ketgan Tyer hukumatini ta’qib qilmadi.
Mamlakatning qolgan qismi Kommunani qo‘llab quvvatlamadi
Kommuna davlat xazinasini, banklarni to‘la o‘z qo‘liga olmadi
Kommuna kengashi ichida Kommuna ichki siyosati xususida birlikka erisha olmadi

Manba: 8-9-sinf Jahon tarixi

@sertifikatlitarix
409 viewsIsaqov Yoʼldashali Valiyevich, 14:42
Ochish/sharhlash
2022-07-27 07:16:07 10-sinf Jahon tarixi darsligi asosida

O'tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"
Said Ahmad "Ufq"
Shuhrat Ergashev "Erk istar ko'nglik"
Sharof Rashidov "Kashmir qo'shig'i"
Zarif Sulton "Berlin devoridagi chizgilar"
Chingiz Aytmatov va Muhtor Shoxonov "Cho'qqida qolgan ovchining ohi-zori"

Ernest Xemungvey "Alvido qurol" hamda "Chol va dengiz"
Alvaro Yunke "Muallima uchun atirgul"
Aziz Nesin "G'aroyib bolalar"
Yasusi Inouening "G'arb o'lkasi haqida xotiralar"
Teodor Drayzer "Amerika fojiyasi"
270 viewsIsaqov Yoʼldashali Valiyevich, 04:16
Ochish/sharhlash
2022-07-27 07:15:33 O'rta asr davlatlarini Vazirlik tizmida faoliyat yuritgan devon va mahkamalar

G'aznaviylar
harbiy
moliya
elchilik
rasmiy tadbirlar
xabar-pochta

Xorazm
harbiy
moliya
soliq
ziroat
savdo-tijorat

Temuriylar
harbiy
moliya
soliq
mulkchilik
241 viewsIsaqov Yoʼldashali Valiyevich, 04:15
Ochish/sharhlash
2022-07-27 07:14:05 #Esga_olamiz

10 yil davom etgan jarayonlar - (darslik asosida)

Aleksandrning Sharqqa yurishlari- 10 yil davom etdi
Yunonlarning Troya bilan urushi -10 yil davom etdi
Turkistonda istiqlolchilik harakati 2-bosqichi - 10 yil davom etdi
Bobo Go'klan qo'zg'oloni - 10 yil davom etdi
Panama kanali qurilishi - 10 yil davom etdi
Abulg'oziy Bahodirxon Eronda 10 yil garovda saqlanib turdi
XX asrda SSSR qo'shinlari Afg'onistonda 10 yil saqlanib turdi
"Qosimovchilik" va Narkopmros ishi" vakillari hamda Sh.Badriddinov 10 yilga qamoqqa olindi
Meydzi agrar islohotidan 10 yil o'tgach, yer olganlarning 1/3 qismi yerni saqlab qoldi xolos
Yaponiya XIX asr 90-yillarida e'lon qilgan "qurollanish dasturi" - 10 yilga mo'ljallangan
Molotov-Robbentrop shartnomasi - 10 yilga mo'ljallangan
Sh. Nasaviy o'z asarini Jaloliddin Manguberdi vafotidan 10 yil keyin boshladi
Fransiya Laosni Vetnamdan 10 yil keyin egalladi
8 kishi taqriban 10 yil hukmronlik qilgan-
Xalifa Umar - 634-644
Xalifa Mu'tazid - 892-902
Nasr Ibn Sayyor - 738-748
Ma'sur G'aznaviy - 1030-1040
Napoleon Bonapart - 1804-1814
Britaniya bosh vaziri Gladston - 1864-1874
Xiva xoni Muhammad Aminxon -1845-1855
Sayid Olimxon - 1910-1920



Do'stlarga ham ulashing
@SERTIFIKATLITARIX
575 viewsIsaqov Yoʼldashali Valiyevich, 04:14
Ochish/sharhlash
2022-07-21 22:31:12
#Kulgu_vaqti

Oqila ayol eridan ruxsatsiz pul olmaydi.

@sertifikatliTARIX
172 viewsIsaqov Yoʼldashali Valiyevich, 19:31
Ochish/sharhlash
2022-07-21 21:54:02 2021-yil 6-AVGUST ERTALABKI SMENA
O'ZBEKISTON TARIXIDAN TUSHGAN TESTLAR DAVOMI..
1. Katolik oqimining homiysi kim?
Mironshoh
2.O'zbekiston respublikasida bowqaruv shakli qanday ?
Prezidentlik respublikasi
3. 1763-yilda Qo'qon taxtiga kim chiqqan ?
Norbo'tabiy
4. Suriyaning Sinjor dashtida kim yer meridianing darajasini olchashda qatnashgan?
Fargoniy
5. Buxoro amirligining songgi vakili kim?
Olimxon
6. 1210 yilda Xorazmahohlarga qarshi qayerda qozgol9n ko'tarilgan ?
O'tror
7. 1212-yilda Xorazmshohlarga qarshi qayerda qozgolon ko'tarilgan ?
Samarqand
8. "Arastuning Metafizika asariga sharh" asari muallifi kim?
Forobiy
9. XV asrda Farg'onaning markaziga aylangan shahar qaysi ?
Andijon
10. Buxoro kutubxonasida 20 yildan ortiq xattot bolib ishlagan shaxs kim?
Ahmad Donish.

Soʻnggi Xorazmshoh hukumdori?

1210-yilda qayerda qoʻzgʻalon boʻlib oʻtgan?

Ummaviylarning oxirgi vakili?

Toshkentda shahar nizomi qachon qabul qilingan?

Bizni kuzatib boring:
@sertifikatlitarix
23 viewsIsaqov Yoʼldashali Valiyevich, edited  18:54
Ochish/sharhlash