Get Mystery Box with random crypto!

Sertifikat Tarix va Huquq

Telegram kanalining logotibi sertifikatlitarix — Sertifikat Tarix va Huquq S
Telegram kanalining logotibi sertifikatlitarix — Sertifikat Tarix va Huquq
Kanal manzili: @sertifikatlitarix
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.04K
Kanalning ta’rifi

Tarix va Huquq fanidan oliy taʼlimga kirishda koʼmakchi .

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 12

2022-07-01 09:05:09 Qo'qon xonligida qo'shin tarkibiy qismi va harbiy mansablar;

sipoh(otliq
to‘pchiboshi artilleriya
sarboz piyoda
galabotit va mergan saralangan maxsus bo'lim
mingboshi oliy qo‘mondon
amiri lashkar qo‘shinning bosh qo'mondoni harbiy harakat uchun
qo‘shbegi o‘z qo‘shiniga ega beklik hokimi
botirboshi bekliklardagi harbiy ishning ahvoli uchun mas’ul
valiy noib,artilleriya qo‘mondoni
qal’abon harbiy qal’alar uchun mas’ul shaxs
qo ‘rboshi qurol-aslaha ishlab chiqarish ustaxonasi va omborxona boshlig‘i
yovar amiri lashkar maxsus bo‘linmasi boshlig‘i
to'pchiboshi to’pchilar bo’linmasining boshlig‘i
to'qsoba o‘z tug‘iga ega bo‘lgan harbiy bo'linma boshlig'i
ponsadboshi 500 nafardan iborat harbiy qo’shin qo’mondoni
xos soqchi harbiy harakatlar paytida xonning askarlarni jangda ruhlantirib turgan va chekinayotganlarga
burch haqida eslatib turgan
qozi askar harbiy harakat boshlanishidan oldin xon aomidan jihod e’lon qilgan, va o'ljani baholagan va qo‘shinning
ma’naviy qiyofasi uchun ham javobgar bo‘lgan
qozi rais esa qo'shin muftiysi bergan fatvo ijrosining ta’minlanishini nazorat qilgan
ilg'or oldingi qism
maymana o‘ng qanot
maysara chap qanot
tug‘ xonlikda 1000 kishidan iborat qo‘shin
bayroq 500-1000 tagacha qo'shin bo'linmasi
Yuzlik bo‘linma esa elliklikka, elliklik esa o'nlikka bo'lingan
@onlinetarixrepititor
705 viewsIsaqov Yoʼldashali Valiyevich, 06:05
Ochish/sharhlash
2022-06-30 21:00:04 Ilm oʻrganishning oltin qoidasi

FENOMENAL(noyob, g'ayrioddiy) xotira sirlari

Ko'p yillik psixologik kuzatishlar natijasida "21 martta takrorlash" qoidasi ishlab chiqilgan. Bu qoidadan hozirgi davrda chet tillarini intensiv o'qitish kurslarida samarali foydalanilmoqda. Ya'ni intensiv kurslarini boshlanishidan oldin yo'riqnoma bilan tanishsangiz sizga bir kun uchun bitta dars va uni kun davomida 21 martta takrorlash tavsiya etiladi, siz tavsiyaga amal qilishingiz natijasida yillab emas atiga bir necha oy davomida chet tilini mukammal o'rgana olasiz. Bu sizning xotirangiz kuchi bo'lib, ular sizga kerakli tavsiyani ko'rsatadi
xolos .
21 marta qoidasini ko'pchilik biladi. Lekin amal qilmaydi. Har bir hayotingizni o'zgartirishi mumkinligi aytilgan kitob yoki videorolik, audiodarslarni qayta-qayta 21 marta o'qish, ko'rish, eshitish lozim. Negaki insonning ongi bu yangi ma'lumotni to'liq qabul qilishi uchun 21 marta takrorlanishi kerak.
Masalan bir kitobni olaylik: Undagi ba'zi bir nozik yondashuvlarni siz bir marta o'qiganda anglab ola olmaysiz. Shuning uchun ham ko'pchilik yaxshi kitoblarni qayta-qayta o'qiganimizda oldin e'tibor bermagan jihatlarini kashf qilamiz.
Shu o'rinda, eng muhim jihat - o'ziga bo'lgan ishonch boʻlib, axborotni qabul qilishda muhim o'rin tutadi. Bunda siz o'zingiz uchun fenomenal xotirani saqlash qanchalik kerakligini unutmasligingiz lozim.

@onlinetarixrepititor
479 viewsIsaqov Yoʼldashali Valiyevich, 18:00
Ochish/sharhlash