Get Mystery Box with random crypto!

Saud Abdulwahed

Telegram kanalining logotibi saudabdulwahed — Saud Abdulwahed S
Telegram kanalining logotibi saudabdulwahed — Saud Abdulwahed
Kanal manzili: @saudabdulwahed
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.30K
Kanalning ta’rifi

I am a person who lives according to discipline. Zemeister
Founder of @haad_uz.

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2021-12-16 08:55:41 ​​Rag'bat bo'lmas ekan, biz rivojlanmaymiz! Yaqinda xalqaro savdo iqtisodchisi Valijon To'raqulov bilan bo'lgan suhbatda iqtisodiyotni rag'bat boshqarishi, ilmga rag'bat bo'lmas ekan, biz ham rivojlana olmasligimiz, rag'batning asosida, avvalida ayol-qizlar…
1.0K viewsSaud Abdulwahed, 05:55
Ochish/sharhlash
2021-12-16 08:11:05 ​​Rag'bat bo'lmas ekan, biz rivojlanmaymiz! Yaqinda xalqaro savdo iqtisodchisi Valijon To'raqulov bilan bo'lgan suhbatda iqtisodiyotni rag'bat boshqarishi, ilmga rag'bat bo'lmas ekan, biz ham rivojlana olmasligimiz, rag'batning asosida, avvalida ayol-qizlar…
1.7K viewsSaud Abdulwahed, 05:11
Ochish/sharhlash
2021-12-16 08:09:41 ​​Rag'bat bo'lmas ekan, biz rivojlanmaymiz!

Yaqinda xalqaro savdo iqtisodchisi Valijon To'raqulov bilan bo'lgan suhbatda iqtisodiyotni rag'bat boshqarishi, ilmga rag'bat bo'lmas ekan, biz ham rivojlana olmasligimiz, rag'batning asosida, avvalida ayol-qizlar turishligi borasida alohida gaplashgan edik.

Shunda Valijon aka, qizlarimiz oddiy ro'mol masalasiga qarshilikni deb ertangi kunga bo'lgan ishonchi yo'qolib borayotgani (turli tashkilot va ta'lim muassasalari ro'molga bo'lgan qarshilik) haqida aytib o'tgan edilar.

Endi esa, Adliya vazirligimiz "O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida" qarorni ishlab chiqibdi. E'tiborli tomoni, ayni paytda muhokamada ketayotgan qarorning 32-moddasida "Davlat tashkilotlarida barcha xodimlarga ish joyida bir xilda ularning siyosiy va mafkuraviy qarashlarini yoki dinga munosabatini aks ettiruvchi liboslarda bo'lish yoki belgilarni taqib yurish taqiqlanadi." deb yozib qo'yibdi.

Menimcha, Adliya vazirligimiz xodimlari zerikishgan bo'lsa kerak yoki jamiyatni shu kabi muammolarga yana duchor qilmoqchidek go'yo, qaydam, qarorning bu qismi huddi qichimagan joyni qashlashdek ko'rindi menga )

Men qonun qabul-qiluvchilarga, uni tasdiqlovchilarga yuksak aql-idrok va davlatning asosiy manbai bo'lgan xalqning farovonligini yanada chuqurroq o'ylashlarini so'ragan bo'lar edim.

Insonlar, biroz tolerantlik bilan o'ylab ko'ring, o'sha ro'mol sizning rivojlanishingizga qay darajada xalaqit qilyapti o'zi, bugun millatni rivojlantirish, barcha din vakillariga bir xil sharoit yaratish, xalq orasida tolerantlikni yoyish o'rniga qilayotgan ishingiz shu-mi? Rostini aytsam, vatan haqida go'zal orzular qilishga ham yo'l bermayapsiz...

Yashasak ko'raverar ekanmiz, demokratiya shunday bo'lsa kerakda )

- - -

Va yana aytamanki, "Iltimos, ertaga bu qaror qabul qilinsa, nega bundan bo'ldi, nima uchun mumkin emas", deb aytmanglar, qarorga har bir O'zbekiston fuqarosi fikr bildirishga haqli, qaror muhokamasi 24-dekabrgacha bo'lib o'tadi, lekin 1 hafta davomida atigi 50 ta taklif bildirilgan xolos...

Qaror manbasi: https://regulation.gov.uz/uz/d/51956?fbclid=IwAR08X11a6KuJgy5n5DjlEZa0wfK_bZZaI6-aRL3yBV7V_qg26lWmBY4rFOc
827 viewsSaud Abdulwahed, 05:09
Ochish/sharhlash
2021-12-14 16:02:23 Bemani seriallardan va Good Tv ning taqiqlaridan zerikkanlar uchun chiroyli bir tavsiya serial qoldiraman:





@saudabdulwahed
1.5K viewsSaud Abdulwahed, edited  13:02
Ochish/sharhlash
2021-12-14 09:59:52 ​​Iltimos, vatanni sevishga qo'yib bering...

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda xususiy telekanallarda ro'mol va soqol ko'ringan yuzlar hiralashtirib qo'yilganiga oid kadrlar tarqaldi. Avvaldan bu kabi vajlar bilan davlat telekanallari ro'mol o'ragan yoki soqol qo'ygan odamdan intervyu olish tugul, shunday insonlar bor kadrlarni syomka ham qilmas edi...

Keling, shu joyda aqlni bir joyga yig'ib, sog'lom aql bilan tafakkur qilib ko'rsak, insonning o'ta shaxsiy ishi bo'lgan eng oddiy narsalar taraqqiyotimizga qay darajada zarar beryapti?

Korrupsiyalashish, mulk daxlsizligi yo'qligi, inson huquqlari buzilishi, adolatli sud jarayoni bo'yicha dunyoda eng oxirgi qatorlarda turgan bir vaqtimizda bu kabi ishlarni qilish insonning ertangi kunga bo'lgan ishonchini parcha-parcha qiladigan ishlar...

Shunchaki, vatanni sevishga ham, vatan uchun katta-katta orzular qilishga ham imkon bermayapsiz, insonlarning bor umidini so'ndiryapsiz...

Biz insonlarning eng oddiy huquqlarini poymol qilar ekanmiz, chetdan investitsiya kelishi haqida gapirishga juda-juda erta ekanligini tushunib olaylik...

Yashasak ko'raverar ekanmiz, demokratiya shunday bo'lsa kerakda )
942 viewsSaud Abdulwahed, 06:59
Ochish/sharhlash
2021-12-13 17:49:12
Bunaqa postlarni ko'rib faqat bir toifadagi insonlar mazza qiladi. Izohlarda kimlar ekanligini yozishishingiz mumkin .

@saudabdulwahed
1.5K viewsSaud Abdulwahed, 14:49
Ochish/sharhlash
2021-12-13 13:03:16
Lenovo ideapad
CPU: Core i 3 7 th gen
RAM: 8 GB
SSD: 256 GB
VGA: Nvidia MX 110
Baterry: 3 4 soatga yetadi
& : Bor
Holati: A'lo aybi yoq

Price: 370 $
Telegram: @rukhiddinov
1.4K viewsSaud Abdulwahed, 10:03
Ochish/sharhlash
2021-12-12 19:11:42
Mohirdevda S.O.L.I.D haqida yozgan navbatdagi maqolam. O'qishingiz siz uchun juda ham manfaatli bo'ladi. Ayniqsa bu prinsplarni yodlab olish esingizdan chiqmasin. Davomi ham keladi tez kunda.

Dasturlash tili yordamida examplelar bilan ham ko'rsatilgan.

https://mohirdev.uz/solid-nima-solid-dasturlash-prinsiplari-nimalar/

@saudabdulwahed
2.5K viewsSaud Abdulwahed, edited  16:11
Ochish/sharhlash
2021-12-12 14:03:22
Devfest 2021 da ham muvaffaqiyatli va qiziqarli spikerlik qilib oldik. Tashkilotchilarga va Azamat aka Majidovga ham alohida tashakkur. Keyingi yillardagi devfesttlarda ham uchrashish nasib qilsin.

Github repo: https://github.com/zemeister23/gdg2021voiceapp

@saudabdulwahed
1.6K viewsSaud Abdulwahed, edited  11:03
Ochish/sharhlash
2021-12-12 09:12:28 Watch the DevFest Tashkent 2021 keynote live stream:





@gdgtashkent
1.3K viewsSaud Abdulwahed, 06:12
Ochish/sharhlash