Get Mystery Box with random crypto!

Saud Abdulwahed

Telegram kanalining logotibi saudabdulwahed — Saud Abdulwahed S
Telegram kanalining logotibi saudabdulwahed — Saud Abdulwahed
Kanal manzili: @saudabdulwahed
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.30K
Kanalning ta’rifi

I am a person who lives according to discipline. Zemeister
Founder of @haad_uz.

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-14 12:00:11
Hozirda dasturlashni o'rganayotgan va mendan yoshi kichiklarga hayron qolaman. Qo'lida eng kuchli kompyuter bo'lishini hohlaydi. O'rganish uchun oddiysi ham bo'ladi keyinchalik yaxshisini olaverasan deganimda hafa bo'lganlari ham bo'lgandi.

Men dasturlashga ilk qadamlarimni aynan shu rasmdagi kompyuter bilan qo'yganman. Klaviautaraga qaramay yozishni ham shu o'rgatgan

512 mb RAM va 512 gb hard diski bo'lar edi. Ichak chavoqlarini hammasini ochib expertiza qilardim. Arzon kompni qulayliklaridan biri ham shunda. Buzib qo'yishdan cho'chimaydi inson

Sovuqda ekrani ko'rsatmay qolar edi. Keyin pechkani oldiga qo'yib ochilishini kutar edik. Sabrni ham shu o'rgatganov

Endi o'rganayotganlarga maslahatim homhayol qilib, ishga kirganimdan darrov 1000-2000$ topib qarzlarimni uzaman demang. Ishlash uchun eng zo'ri kerak, lekin o'rganish uchun oddiysi ham bo'ladi.

Ha aytgandek birinchi WiFi ni ham shunda buzganman. Yashasin aircrack-ng

@saudabdulwahed
4.9K viewsSaud Abdulwahed, edited  09:00
Ochish/sharhlash
2022-08-11 16:33:08
Ilmning xaloskor ekanligi, undan o'zga najot yo'qligi va barcha illatlarga davo ekanligi haqida Erkin Bozorov bilan hamkorlikda kreativ videorolik olindi.

Rolikdan parcha:

Najot Rossiyadamas,
Qora mehnat — najotmas!
Kelajak o'z qo'lingda!
Najot faqat ta'limda,
Ilm ol “Najot Ta’lim”da

Ta’lim olish uchun
3.0K viewsSaud Abdulwahed, 13:33
Ochish/sharhlash
2022-08-11 10:35:24 Hammaga Salom do'stlar

Keling meni tanimaydiganlar uchun qisqacha tanishib olsak.

Ismim Temur Ibroximov yoshim 31da. Keling qisqacha ish tajribam bilan bo'lishsam:
Asosiy karyeramni O'zbekiston Bosh Prokuraturasida Inspektor lavozimida boshlaganman.
Keyinchalik Top Contact autsors call-markazida Operator lavozimidan Loyiha Menedjeri lavozimigacha ko'tarilganman. Top Contact qaysidir ma'noda IT kompaniya bo'lgani uchun, bu sohaga qiziqishim juda ham oshgan.
Keyingi katta qadam bu Express24 ovqat yetkazib berish kompaniyasida Support (qo'llab-quvvatlash) xizmati boshlig'i sifatida ishimni boshlaganman
Oradan 7 oy o'tib Express24 da Operatsion bo'lim boshlig'i lavozimiga ko'tarilganman.
Bu lavozimda 1 yil ishlaganimdan so'ng Qozog'istonning eng yirik IT kompaniyalaridan biri Kolesa Group (O’zbekistonda Avtoelon.uz sayti ishlab keladi) Country Manager lavozimida ish boshlaganman. Kolesa Groupda Avtoelon.uz saytining O’zbekiston bozoriga kirib kelishida ishtirok etganman.
Kolesa Groupda 3,6 yil ishlab product managerlik yo’nalishiga qiziqishim oshganligi sababli keyingi qadamni qo’yish kerakligini his qila boshladim va “Hamkorbank” ATB Raqamli ofisida Product owner lavozimida o’z ishimni davom ettirmoqdaman.

Bu kanalda doimiy o'z tajribalarim ,xulosalarim bilan bo'lishib bormoqchiman ,iltimos agar foydali ma'lumotlar kutayotgan bo'lsangiz do'stlaringizga ham bu kanalni tavsiya qiling!

Telegram | Instagram
3.3K viewsSaud Abdulwahed, 07:35
Ochish/sharhlash
2022-08-10 18:55:22
Google foydasining 91%`ini rekalamalardan topadi. Va bu reklamalarning foydali bo'lishining bir dona sababi bor: to'g'ri reklamani to'g'ri insonga ko'rsatish. Ya'ni gmail ishlatayotgan bo'lsangiz Google sizni oila a'zolaringizdan ham yaxshiroq taniydi.

Bunaqa bo'lishini hohlamasangiz va shaxsiy ma'lumotlaringizni online ekanligingizda himoya qilmoqchi bo'lsangiz Proton Mail aynan siz uchun. CERN`dagi olimlarning bo'sh vaqtida qilgan noyob asari desak ham bo'ladi. Internetta ma'lumotlarni havfsiz holda almashishni hohlagan olimlarning ijod qilgan loyihasi hisoblanadi.

Yozishmalar 1 tomonlama shifrlangani uchun habarni faqat ikkinchi tomongina o'qiy oladi. Ya'ni serverda ham yozishmalarni ko'rishning imkoni yo'qligi haqida aytishadi.

Har qanday tizimda ham kamchilik bor. Havfsizlikni istagan insongina unga erishadi. Qolganlardan esa shunchaki shu gapni eshitasiz: "ma'lumotlarim kimga ham kerak edi".

There is no such thing as security.
There never has been.

@saudabdulwahed
3.5K viewsSaud Abdulwahed, edited  15:55
Ochish/sharhlash
2022-08-10 11:23:21
Chapdagi Rossiyada ishlab chiqarilgan, o'ngdagi Ozarbayjon mahsuloti. Ikkalasining narxi bir xil ekan.

Kimdir farosatni bitta rasmda ko'rsat desa shu rasmni forward qilib yuboraman

@saudabdulwahed
3.1K viewsSaud Abdulwahed, edited  08:23
Ochish/sharhlash
2022-08-10 09:26:34
Database'da hech qaysi case'ga kirmaydigan sharbat yaratish

switch(fruit_type)
case Apelsin:
show(apelsin)
break
default:
show(default_juice)

@saudabdulwahed
3.2K viewsSaud Abdulwahed, 06:26
Ochish/sharhlash
2022-08-09 19:48:22
Hayolimdagi sport mashinasini topolmadim, shuning uchun o'z sport mashinamni yasadim.

Ferdinand Porsche
3.1K viewsSaud Abdulwahed, 16:48
Ochish/sharhlash
2022-08-09 18:18:31
8.0K viewsSaud Abdulwahed, 15:18
Ochish/sharhlash
2022-08-09 12:29:31 Shunchaki bomba habar. Anchadan beri sportdan g'alaba haqida eshitib bunaqa hursand bo'lmagandim.
2.9K viewsSaud Abdulwahed, 09:29
Ochish/sharhlash
2022-08-09 12:28:22
O‘zbekiston 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining chempioni bo‘ldi

Hindistonning Chennay shahrida oʻtgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘nggi 11-turida O‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, olimpiada chempioni bo‘ldi. O‘zbekiston tarixda birinchi marta shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yana bir quvonarli xabar:
O‘zbekiston terma jamoasi ushbu olimpiada davomida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'ldi. Barcha yurtdoshlarimizni tarixiy g‘alaba bilan tabriklayman!

@alisher_sadullaev
1.8K viewsSaud Abdulwahed, 09:28
Ochish/sharhlash