Get Mystery Box with random crypto!

​​Rag'bat bo'lmas ekan, biz rivojlanmaymiz! Yaqinda xalqaro s | Saud Abdulwahed

​​Rag'bat bo'lmas ekan, biz rivojlanmaymiz!

Yaqinda xalqaro savdo iqtisodchisi Valijon To'raqulov bilan bo'lgan suhbatda iqtisodiyotni rag'bat boshqarishi, ilmga rag'bat bo'lmas ekan, biz ham rivojlana olmasligimiz, rag'batning asosida, avvalida ayol-qizlar turishligi borasida alohida gaplashgan edik.

Shunda Valijon aka, qizlarimiz oddiy ro'mol masalasiga qarshilikni deb ertangi kunga bo'lgan ishonchi yo'qolib borayotgani (turli tashkilot va ta'lim muassasalari ro'molga bo'lgan qarshilik) haqida aytib o'tgan edilar.

Endi esa, Adliya vazirligimiz "O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida" qarorni ishlab chiqibdi. E'tiborli tomoni, ayni paytda muhokamada ketayotgan qarorning 32-moddasida "Davlat tashkilotlarida barcha xodimlarga ish joyida bir xilda ularning siyosiy va mafkuraviy qarashlarini yoki dinga munosabatini aks ettiruvchi liboslarda bo'lish yoki belgilarni taqib yurish taqiqlanadi." deb yozib qo'yibdi.

Menimcha, Adliya vazirligimiz xodimlari zerikishgan bo'lsa kerak yoki jamiyatni shu kabi muammolarga yana duchor qilmoqchidek go'yo, qaydam, qarorning bu qismi huddi qichimagan joyni qashlashdek ko'rindi menga )

Men qonun qabul-qiluvchilarga, uni tasdiqlovchilarga yuksak aql-idrok va davlatning asosiy manbai bo'lgan xalqning farovonligini yanada chuqurroq o'ylashlarini so'ragan bo'lar edim.

Insonlar, biroz tolerantlik bilan o'ylab ko'ring, o'sha ro'mol sizning rivojlanishingizga qay darajada xalaqit qilyapti o'zi, bugun millatni rivojlantirish, barcha din vakillariga bir xil sharoit yaratish, xalq orasida tolerantlikni yoyish o'rniga qilayotgan ishingiz shu-mi? Rostini aytsam, vatan haqida go'zal orzular qilishga ham yo'l bermayapsiz...

Yashasak ko'raverar ekanmiz, demokratiya shunday bo'lsa kerakda )

- - -

Va yana aytamanki, "Iltimos, ertaga bu qaror qabul qilinsa, nega bundan bo'ldi, nima uchun mumkin emas", deb aytmanglar, qarorga har bir O'zbekiston fuqarosi fikr bildirishga haqli, qaror muhokamasi 24-dekabrgacha bo'lib o'tadi, lekin 1 hafta davomida atigi 50 ta taklif bildirilgan xolos...

Qaror manbasi: https://regulation.gov.uz/uz/d/51956?fbclid=IwAR08X11a6KuJgy5n5DjlEZa0wfK_bZZaI6-aRL3yBV7V_qg26lWmBY4rFOc