Get Mystery Box with random crypto!

Hammaga Salom do'stlar Keling meni tanimaydiganlar uchun qis | Saud Abdulwahed

Hammaga Salom do'stlar

Keling meni tanimaydiganlar uchun qisqacha tanishib olsak.

Ismim Temur Ibroximov yoshim 31da. Keling qisqacha ish tajribam bilan bo'lishsam:
Asosiy karyeramni O'zbekiston Bosh Prokuraturasida Inspektor lavozimida boshlaganman.
Keyinchalik Top Contact autsors call-markazida Operator lavozimidan Loyiha Menedjeri lavozimigacha ko'tarilganman. Top Contact qaysidir ma'noda IT kompaniya bo'lgani uchun, bu sohaga qiziqishim juda ham oshgan.
Keyingi katta qadam bu Express24 ovqat yetkazib berish kompaniyasida Support (qo'llab-quvvatlash) xizmati boshlig'i sifatida ishimni boshlaganman
Oradan 7 oy o'tib Express24 da Operatsion bo'lim boshlig'i lavozimiga ko'tarilganman.
Bu lavozimda 1 yil ishlaganimdan so'ng Qozog'istonning eng yirik IT kompaniyalaridan biri Kolesa Group (O’zbekistonda Avtoelon.uz sayti ishlab keladi) Country Manager lavozimida ish boshlaganman. Kolesa Groupda Avtoelon.uz saytining O’zbekiston bozoriga kirib kelishida ishtirok etganman.
Kolesa Groupda 3,6 yil ishlab product managerlik yo’nalishiga qiziqishim oshganligi sababli keyingi qadamni qo’yish kerakligini his qila boshladim va “Hamkorbank” ATB Raqamli ofisida Product owner lavozimida o’z ishimni davom ettirmoqdaman.

Bu kanalda doimiy o'z tajribalarim ,xulosalarim bilan bo'lishib bormoqchiman ,iltimos agar foydali ma'lumotlar kutayotgan bo'lsangiz do'stlaringizga ham bu kanalni tavsiya qiling!

Telegram | Instagram