Get Mystery Box with random crypto!

Sarishta bekalar maktabi

Telegram kanalining logotibi sarishta_bekalar_maktabi — Sarishta bekalar maktabi S
Telegram kanalining logotibi sarishta_bekalar_maktabi — Sarishta bekalar maktabi
Kanal manzili: @sarishta_bekalar_maktabi
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.73K
Kanalning ta’rifi

🌱 Sarishtalik,tartib va shaxsiy rivojni maqsad qilgan asl bekalar uchun tajriba maktabi
Admin: @saodat_fayziyeva
Reklama uchun: @sarishta_rektarif
Tashkil qilingan sanasi:03.02.2022.

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-10-03 08:10:39
#lifehack
#bola_tarbiyasi

Siz ham shunaqa oddiy, lekin noodatiy o"yinlaeni yoqtirasizmi?

SARISHTA BEKALAR MAKTABI
679 viewsedited  05:10
Ochish/sharhlash
2022-10-03 08:10:24
#lifehack

Hozirgi kunda rangi ochiq gilamlarning urfda ekani yaxshi- ko'rganingizda asablar tinchlanadi, ko'zlaringiz quvnaydi, lekin bitta lekini bor-da, bolali uyda bunaqa gilamlarni avaylab saqlash urush maydonida qurolsiz yurishday gap Nima dedingiz?

SARISHTA BEKALAR MAKTABI
641 viewsedited  05:10
Ochish/sharhlash
2022-10-03 08:08:23
#lifehack

Kiyimlar bizning kimligimizni ko'rsatib tursa, ularning qanday joylanishi, taxlanishi bizning sarishtaligimizdan gapiradi. Sizda qanaqa?

SARISHTA BEKALAR MAKTABI
678 viewsedited  05:08
Ochish/sharhlash
2022-10-03 08:07:25
#stories_time

Assalom-u alaykum, qadrlilarim Bugun dushanba, hamma dangasalarning yana boshlandimi, deydigan kuni

SARISHTA BEKALAR MAKTABI
667 viewsedited  05:07
Ochish/sharhlash
2022-10-02 16:01:26 "Baqirmaydigan onalar" kitobining audiovarianti.

10- qism

Endi har kuni soat 18:00da shu kitobning audiosini berib boramiz, inshaAlloh

SARISHTA BEKALAR MAKTABI
750 views13:01
Ochish/sharhlash
2022-10-02 12:44:56
#biroz_tabbassum

Kechagi bayram kayfiyati haliyam tarqab ketmasidan mana bularni tomosha qiling

SARISHTA BEKALAR MAKTABI
763 views09:44
Ochish/sharhlash
2022-10-02 10:33:41 Davomi

Biz bolalarni ba'zida biz bilan tengdosh emasligi, ular hali bola ekanligini unutib qo'yamiz, ularga kattalarga gapirgandek, shuniyam tushunmadingmi, shuniyam bilmaysanmi, deb jerkib beramiz. Aslida, o'zimiz oldin tushuntirishimiz , o'sha so'ragan narsamizni unga anglatishimiz kerak! Ular nima bo'lganda ham bola! O'zimizni eslaylik, onamiz kechasi bilan bironta tushunmagan darsimizni tushuntirib chiqqanida yoki yodlolmagan she'rimizni yodlashga yordamlashganida ham shunday asabiy muomala qilganmidi bizga?- Yo'q! Bizga eng yaxshi bahona hozir bizni tez yashashga majbur qiladigan,miyamizni charchatadigan narsalar ko'p... Lekin biz buning badalini o'zimizdan ojiz odamchalarimizdan olamiz- naqadar tubanlik..... Qizlarimga bir yaxshi narsani o'rgatgandim- besabab yig'lashni boshlashsa, yig'lama, qizim, chuqur- chuqur nafas ol, deyman, katta qizim hozir singlisigayam o'rgatibdi shu praktikani O'zim ham hozir bolalarga baqirib yuborishim mumkin, degan signalni sezsam, chuqur- chuqur nafas olaman, hammasi o'tib ketadi Yoki yana bitta variant bor, bir hind filmidagidek, qo'lingizni ko'ksingizga qo'ying va "HAMMASI YAXSHI!" deb ayting- muammo ancha yengillashadi

SARISHTA BEKALAR MAKTABI
965 viewsedited  07:33
Ochish/sharhlash
2022-10-02 10:18:24
#anglashlarim
#bola_tarbiyasi

Hozir bir voqea bo'ldi,bozordan chiqib, avtobus kutib turgandim. Bir mashina kelib to'xtadi,ichidan bir ayol chiqib narsalarini olayotganida unga nimadir degan bolasini jerkib yomon so'z ishlatdi.Mayli,jahlini chiqargandir, balki yo'l bo'yi ham nimadandir norozi kelgandir bola injiqlanib, lekin bu narsa unga yomon so'z ishlatib yoki baqirib alamimizni olish huquqini bermaydi. Menga eng yomon ta'sir qilgani, o'sha mashinaning ichida ayolning onasi yoki qaynonasi ham bor edi (yoshi katta onaxon). Nogahon qaynonamning bir gaplari esimga tushdi, bir kuni katta qizim nimalardir deb ishimdan chalg'itganida shu ishni tugatishga kech qolayotganim uchun asabiylashib unga sal ovozimni ko'targandim (aslida, bolalarga ba'zida tanbeh berib, tergab turish kerak, deb hisoblayman, faqat kerakli vaqtda, albatta). Shunda qaynonam "Kelin, mayli, uni urishsangam indamayman, lekin mening yonimda endi bu ishingni qilma", degandilar. Nima demoqchiligimni tushundingiz-a?...

SARISHTA BEKALAR MAKTABI
702 viewsedited  07:18
Ochish/sharhlash