Get Mystery Box with random crypto!

#anglashlarim #bola_tarbiyasi Hozir bir voqea bo'ldi,bozord | Sarishta bekalar maktabi

#anglashlarim
#bola_tarbiyasi

Hozir bir voqea bo'ldi,bozordan chiqib, avtobus kutib turgandim. Bir mashina kelib to'xtadi,ichidan bir ayol chiqib narsalarini olayotganida unga nimadir degan bolasini jerkib yomon so'z ishlatdi.Mayli,jahlini chiqargandir, balki yo'l bo'yi ham nimadandir norozi kelgandir bola injiqlanib, lekin bu narsa unga yomon so'z ishlatib yoki baqirib alamimizni olish huquqini bermaydi. Menga eng yomon ta'sir qilgani, o'sha mashinaning ichida ayolning onasi yoki qaynonasi ham bor edi (yoshi katta onaxon). Nogahon qaynonamning bir gaplari esimga tushdi, bir kuni katta qizim nimalardir deb ishimdan chalg'itganida shu ishni tugatishga kech qolayotganim uchun asabiylashib unga sal ovozimni ko'targandim (aslida, bolalarga ba'zida tanbeh berib, tergab turish kerak, deb hisoblayman, faqat kerakli vaqtda, albatta). Shunda qaynonam "Kelin, mayli, uni urishsangam indamayman, lekin mening yonimda endi bu ishingni qilma", degandilar. Nima demoqchiligimni tushundingiz-a?...

SARISHTA BEKALAR MAKTABI