Get Mystery Box with random crypto!

Davomi Biz bolalarni ba'zida biz bilan tengdosh emasligi, ula | Sarishta bekalar maktabi

Davomi

Biz bolalarni ba'zida biz bilan tengdosh emasligi, ular hali bola ekanligini unutib qo'yamiz, ularga kattalarga gapirgandek, shuniyam tushunmadingmi, shuniyam bilmaysanmi, deb jerkib beramiz. Aslida, o'zimiz oldin tushuntirishimiz , o'sha so'ragan narsamizni unga anglatishimiz kerak! Ular nima bo'lganda ham bola! O'zimizni eslaylik, onamiz kechasi bilan bironta tushunmagan darsimizni tushuntirib chiqqanida yoki yodlolmagan she'rimizni yodlashga yordamlashganida ham shunday asabiy muomala qilganmidi bizga?- Yo'q! Bizga eng yaxshi bahona hozir bizni tez yashashga majbur qiladigan,miyamizni charchatadigan narsalar ko'p... Lekin biz buning badalini o'zimizdan ojiz odamchalarimizdan olamiz- naqadar tubanlik..... Qizlarimga bir yaxshi narsani o'rgatgandim- besabab yig'lashni boshlashsa, yig'lama, qizim, chuqur- chuqur nafas ol, deyman, katta qizim hozir singlisigayam o'rgatibdi shu praktikani O'zim ham hozir bolalarga baqirib yuborishim mumkin, degan signalni sezsam, chuqur- chuqur nafas olaman, hammasi o'tib ketadi Yoki yana bitta variant bor, bir hind filmidagidek, qo'lingizni ko'ksingizga qo'ying va "HAMMASI YAXSHI!" deb ayting- muammo ancha yengillashadi

SARISHTA BEKALAR MAKTABI