Get Mystery Box with random crypto!

Sariq Dev

Telegram kanalining logotibi sariqdev — Sariq Dev S
Telegram kanalining logotibi sariqdev — Sariq Dev
Kanal manzili: @sariqdev
Toifalar: Texnologiyalar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.68K
Kanalning ta’rifi

Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.
Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 21

2023-01-05 09:51:51
Bugun, 5 Yanvar, 19:00 da jonli efir.

Mavzu: ChatGPT nima?

Link: youtube.com/sariqdev

p.s. darvoqe, video uchun posterni sun’iy intellekt chizib berdi
2.9K viewsedited  06:51
Ochish/sharhlash
2023-01-03 15:20:58 Pastkash marketing.

O’tgan hafta o’zini 6-7 yillik dasturchi deb tanishtirgan yigit bizning kurslarimiz rejasi sifatsiz ekani va bizdan ko’plab yoshlar norozi ekani haqida shaxsiydan yozdi. Juda hayron qoldim. Odatda biz kurs rejasi ustida 1-2 oy ishlaymiz. Reja tuzish uchun soha ekspertlarini jalb qilamiz. Har bir dars tajribali mutaxassislar tomonidan yoziladi.

Xullas, yozgan odamning gapiga ahamiyat bermadim. Norozilar o’rtakashsiz, to’g’ridan-to’g’ri o’zmiga yozishini aytdim. Keyin bilsam bu yigit bunday xabarlarni mendan boshqa o’quv markazlarga ham yuborgan ekan. “Xo’p akajon, nima desangiz shu” deb gapiga kirmaganlarni esa shantaj qilib boshladi. Birpasda IT firibgarlar deb video ham chiqaribdi.

Meni ham “Tayyor turing, keyingi video siz haqingizda bo’ladi” deb ogohlantirib qo’ydi. Kim ekan bu yigit deb sahifasiga kirsam, 2019-yilda bitta online bootcamp o’qib, o’zidan ekspert yasab olgan, dasturchi bo’lib tayinli hech qayerda ishlamagan yosh bola bo’lib chiqdi. O’zining o’quv markazi ham bor ekan. Hammasi tushunarli, Dekabr, savdo sust. Markazga odam jalb qilish kerak. Pastkash marketing yo’lini tanlabdi. Reklamalarida “O’qiyotgan joyingizdan norozi bo’lsangiz bizga keling” mazmunida matnlar bilan norozilarni yig’ib olib, boshqalarning “aybini” fosh qilish yo’lini tanlabdi.

Mohirdevda 50ming talaba o’qiydi, albatta orasida norozilar topiladi. Mohirdev kamchilikdan xoli emas, lekin biz bu kamchiliklar ustida ishlaymiz. O’quvchilarning fikrini doimiy ravishda o’rganib, platformani rivojlantirib boramiz.

Bizning o’zimizning ekspertlarimiz bor:

- Frontend kurslarini Ulug’bek Samigjonov (EPAM, Veed.io) va Muhammadjavoxir Suratov (Najoit Ta’lim) tuzgan
- Python kursini Jahongir Rahmon (Anaconda, Amazon) va Muhammad Ermatov (Atomlab, Jafton) tuzgan
- .NET kursini Microsoft tomonidan 2022-yilning eng qimmatli dasturchisi deb tan olingan Elbek Normurodov tuzgan
- Android kursini dunyoning 3% dasturchilari safidan joy olgan Zohidjon Akbarov tuzgan (shu hafta chiqadi).
va hokazo.

Endi shunday mutaxassislar turganida, qayoqdagi nomsiz mishiqining gapiga kirmaganimizga bizni kibr va manmanlikda ayblab, ortimizdan ahlat titib, kompromat izlab yurganmish. Yaqinda biz haqimizda videosi ham chiqar ekan.

Alhamdulillah, biz o’zimizga ishonamiz. Darslar sifatiga javob beramiz. Albatta kamchiliklarimiz bor, ayqniqsa platforma yangi ishga tushganida ba’zi xatolarga yo’l qo’yildi. Lekin bu kamchiliklarning ko’pi bartaraf etildi va etilayapti. Talabalarga yanada sifatli kontent berish uchun tunu-kun ishlayapmiz. Darslar ham rejalar ham zamonga mos yangilanayapti.

Talabalarga murojatimiz, agar darslar sifatidan qoniqmasangiz har bir kurs sahifasida kursga baho berish uchun maxsus forma bor, shu forma orqali batafsil ariza yozishingiz mumkin, biz har bir murojaatni o’rganamiz (bechora Muhammadjavoxir uxlamay chiqadi ba’zida). Yoki istalgan payt @mohirdev_jbot orqali muloqotga ochiqmiz (ahmoqona savollardan tashqari ).

Pastkash marketologga esa javobim bitta, videoni chiqaravering. Qo’rqadigan joyimiz yo’q. Yuristlarimiz ham ancha zerikib qolishdi, bir ishlashsin. Videodagi har bir tuhmat va ig’voga javob talab qilib olamiz. Yaxshi gapni tushunmaydigan ahmoqlar bilan endi qonuniy kurashamiz.

Hurmat bilan Anvar Narzullaev,
Mohirdev.uz asoschisi
5.9K viewsedited  12:20
Ochish/sharhlash
2022-12-31 20:33:15
Darvoqe, bu Sardor ogʻa. "PHP dasturchining rasmi" degan edim, shuni chizib berdi .

p.s. "Hamma oʻlsayam, php oʻlmaydi" degan rasm
2.9K views17:33
Ochish/sharhlash
2022-12-31 20:32:34
Bugun matnni rasmga aylantiruvchi MidJourney AI ni sinab koʻrdim. Topingchi, qaysi rasmda SariqDev chizilgan
2.7K views17:32
Ochish/sharhlash
2022-12-27 11:05:59
#bugun soat 14:00 da | "Fikrat" tahliliy dasturi

Mavzu: Hukumatni sunʼiy intellekt yordamida boshqarsa bo'ladimi?

Ekspertimiz: Malayziya Sains Islom universiteti Fan va texnologiya fakulteti katta ilmiy xodimi, "Mohirdev" onlayn platformasi bosh direktori Anvar Nazrulloh

Havola



AzonTV
3.4K views08:05
Ochish/sharhlash
2022-12-27 05:30:38
Bugun Worklyga bordik.
Sardor akani chap qo'llarida PHP turibdi. Agar qo'yvorishsa, O'zbekistonda PHP yo'q bo'lib ketadi.

@vejon_uz
3.1K views02:30
Ochish/sharhlash
2022-12-25 19:22:02
UzbekVoice va Mohirdev aʼzolaridan tashkil topgan OʻzbekSado jamoasi UZ NLP Challenge musobaqasida 3-oʻrinni egallashdi.

Yigitlar ochiq manbaadagi maʼlumotlardan foydalanib, tez yordam (va boshqa kol-markazlar) uchun avtomatik qoʻngʻiroq qabul qiluvchi dasturni ishlab chiqdilar.

Dastur TTS (text-to-speech) va STT (speech-to-text) texnologiyalari yordamida mijozning gapini tushunib, operatorlarga mijoz nomi, manzili, yoshi, sogʻligʻi haqida maʼlumotlarni bir zumda uzata oladi.

Taqdimot demosini biriktirilgan videoda koʻrishingiz mumkin.
4.3K views16:22
Ochish/sharhlash
2022-12-24 20:23:17
2.6K views17:23
Ochish/sharhlash
2022-12-24 20:23:16
Yoshlar Ishlari Agentligi bilan hamkorlikda tashkil qilingan MohirFest tadbirmiz ham nihoyasiga yetdi.

Bugun MohirFest Xakaton bosqichiga chiqqan jamoalar oʻz loyihalarini hakamlarga taqdim qildilar va 4 ta yoʻnalishda 12 ta jamoa gʻolib deb topildi.

Xakaton gʻoliblarini tabriklaymiz, qolganlarga esa kelgusi ishlarida omad tilaymiz.

Barcha ishtrokchilar va tashkilotchilarga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.
2.6K views17:23
Ochish/sharhlash