Get Mystery Box with random crypto!

Sariq Dev

Telegram kanalining logotibi sariqdev — Sariq Dev S
Telegram kanalining logotibi sariqdev — Sariq Dev
Kanal manzili: @sariqdev
Toifalar: Texnologiyalar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.68K
Kanalning ta’rifi

Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.
Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 20

2023-01-07 15:21:38
Masalanda...
4.3K views12:21
Ochish/sharhlash
2023-01-07 15:01:16
Telegramda e'lon yozasiz: “Bugun, 7 Yanvar kuni, Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da sariqdev youtube kanalida "Dasturlash asoslari" darsimizni boshlaymiz. Darslarimiz mutlaqo bepul”

Pastidan izohlar boshlanadi:
Qaysi kuni ekan?
Soat nechida?
Toshkent vaqti bilanmi?
Ertalab 9 mi kechqurun 9 mi?
Nimadan ekan darslar?
Tekinmi?
Nechi pul o'zi?
Qatta bo'larkan darsla?

Har bir izoh 100 marta takrorlanadi
4.4K views12:01
Ochish/sharhlash
2023-01-07 12:02:07 Boshladik
4.9K views09:02
Ochish/sharhlash
2023-01-07 08:27:39
#bugun soat 14:00 da | "Fikrat" tahliliy dasturi

Mavzu: Ta'lim sohasida ITdan foydalanishning qulayliklari

Ekspertimiz: Malayziya Sains Islom universiteti Fan va texnologiya fakulteti katta ilmiy xodimi, "Mohirdev" onlayn platformasi bosh direktori Anvar Nazrulloh

Havola



AzonTV
5.0K views05:27
Ochish/sharhlash
2023-01-07 05:46:25 Kechagi postdan keyin baʼzilar tushkunlikka ham tushdi. Sababi ular Sunʼiy intellektni yordamchi emas, raqobatchi sifatida koʻrdilar.

Aslida unday emas, agar toʻgʻri foydalansak ChatGPT kabi dasturlar faqatgina bizning oʻsishimizga va ishimizni osonlashishiga sabab boʻladi.

Masalan, Junior dasturchi ChatGPT dan qanday foydalanishi mumkin:

1. Code review. Endi kodingizni koʻrib, baholab, kamchiliklarini topib berishi uchun ustoz yoki katta dasturchini kutib oʻtirish shart emas. ChatGPT sizga kodni hamma kamchiliklarini aytib, oʻrniga toza va sifatli muqobilini ham koʻrsatadi.

2. Xatolar bilan ishlash. Hozir kodingizda xato chiqqanda Stackoverflowda soatlab vaqt sarflashingiz, yoki birorta senior dasturchining vaqtini olishingiz mumkin. SI esa bir zumda toʻgʻri yechimni izohlari bilan beradi.

3. Bilmagan narsangizni oʻrgatadi. Deylik dasturingizni siz shu paytgacha ishlatmagan xizmat bilan API orqali bogʻlash kerak (masalan, Payme toʻlov tizimini ulash kerak). ChatGPT sizga nafaqat kod, balki APIdan toʻgʻri foydalanish boʻyicha qadam-baqadam qoʻllanmani ham beradi.

4. Shablon kodlar. SI sizga dasturingizning boshlangʻich qismini yozib beradi. Odatda takrorlanuvchi, shablon kodlarni endi vaqt ketkazib, qayta yozmasdan, ChatGPT ga yozdirib olish mumkin.

5. Kodni testlash. Junior dasturchilarning eng katta kamchiligidan biri - kodga unit yoki integration testlar yozishmaydi, yoza olishmaydi. SI esa buni qoyilmaqom qilib bajarayapti. Istalgan funksiyaga bir zumda test yozdirib olish mumkin.

Xullas, bunday misollar koʻp. Muhimi, SIdan koʻr-koʻrona emas, aql bilan foydalaning. Bergan javobini tahlil qiling. Yaxshi tarafi, soʻrasangiz ChatGPT har bir javobini izohlab, tushuntirib ham beradi.

Zamon oʻzgarayapti, siz ham zamonga moslashib boring. Texnologiyadan toʻgʻri foydalansangiz, u sizning raqobatchingiz emas, yordamchingiz boʻladi.

SI odamlarning o’rnini egallaydimi degan savolga mening doimiy javobim: “Ongli odamning o'rnini hech narsa bosmaydi”.

Siz oʻz sohangizda SI dan qanday foydalangan boʻlar edingiz? Javobingizni izohda qoldiring.
1.0K viewsedited  02:46
Ochish/sharhlash
2023-01-06 14:07:23 Aytib qoʻyay, bu gʻalvani boshlaganlar Data Science va Sunʼiy intellekt muhandislari boʻladi .

Safimizga qoʻshiling: https://mohirdev.uz/ds
4.2K views11:07
Ochish/sharhlash
2023-01-06 13:39:08
Hazil-hazil bilan, bugun senior dasturchimiz “ChatGPT bilan 2 ta juniorni almashtirsa bo’lar ekan. Juniordan ko’ra tezroq va tozaroq kod yozayapti. Muhimi, bitta narsani qayta-qayta so’ramaydi” deydi.
4.9K viewsedited  10:39
Ochish/sharhlash
2023-01-06 10:08:58
Dasturchilariminzi ChatGPT ga interview qildirtirayapmiz.

ChatGPT savollar soʻrab, oxirida dasturchining darajasini ham aytib berayapti.

Xohlasangiz avvaldan "junior frontend" yoki "middle fullstack java developer" deb shart ham qoʻyish mumkin, ChatGPT shunga mos savollar beradi
1.2K views07:08
Ochish/sharhlash
2023-01-06 10:00:43
Anacondada ChatGPT bilan bo’lgan tajriba.

ChatGPT muammo nimadaligini aytib, kodini ham yozib bergan.
1.1K views07:00
Ochish/sharhlash
2023-01-05 16:55:10 5 daqiqada boshlaymiz: https://youtube.com/live/HYEQbe8-5eA?feature=share
6.4K views13:55
Ochish/sharhlash