Get Mystery Box with random crypto!

TARIXLAR SARASI

Telegram kanalining logotibi sara_tarix — TARIXLAR SARASI T
Telegram kanalining logotibi sara_tarix — TARIXLAR SARASI
Kanal manzili: @sara_tarix
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.98K
Kanalning ta’rifi

🌐 Tarixiy maʼlumotlar
📸 Noyob fotosuratlar
📽️ Kamyob tarixiy videolar
✏️ Oʻzbekiston va jahon tarixiga oid eng sara faktlar
❗Post koʻchirilsa, manba (@sara_tarix) koʻrsatilsin!
Реклама: @qitmirda_reklama
Loyihamiz: @qitmir_hazil

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2022-11-24 09:16:41
Oʻsha paytda mahsulot narxi uning oʻziga tushirilgan. Mana buni turgʻunlik desa boʻladi...

@SARA_TARIX
1.4K views06:16
Ochish/sharhlash
2022-11-23 18:53:42
1896-yil Angliyada qabul qilingan qonunga muvofiq, aholi punktlarida avtomobillar tezligi borasidagi cheklov soatiga 3 kilometrni tashkil qilar edi. Biroq hayotida ilk bora mashina sotib olgan Uolter Arnold degan kimsa cheklovlarni yoqtirmasdi. Bir kuni u "toychog‘ining" maksimal tezligini sinab ko‘rishga qaror qiladi. Natijada, politsiya uni 13 km/soat tezlikda harakatlangani to‘g‘risida jarima yozib bergan.

Bu hikoyaning kulgili tomoni shundaki, politsiyachi xuddi hozirgidek qoidabuzarni quvlashiga to‘g‘ri kelgan. O‘shanda politsiyachi velosiped bilan 13 km/soat tezlikda harakatlanayotgan mashinaga yetib olgan. Aytgancha, tezlik oshirilganligi uchun birinchi jarima miqdori 1 shilling 26 pensni tashkil etgan.

@SARA_TARIX
848 views15:53
Ochish/sharhlash
2022-11-23 10:47:28
70 yoshli Bernard Shoudan o'zini qanday his qilayotganini so'rashganida, u shunday javob beradi: "Yaxshi, juda yaxshi, faqat shifokorlar go'sht yemasligim uchun o'lishim mumkinligini aytib rosa bezovta qiladilar".

To'qson yoshli Shoudan uning sog'lig'i haqida so'rashganda, u shunday javob beradi: "Ajoyib. Endi meni hech kim bezovta qilmaydi. Go'shtsiz yashay olmaysiz, deb meni qiynagan shifokorlarning hammasi allaqachon vafot etib ketdilar".

(Jorj Bernard Shou, 69 yil go'sht yemasdan yashagan)

@SARA_TARIX
1.7K viewsedited  07:47
Ochish/sharhlash
2022-11-23 05:24:00
Ovozsiz kino paytidagi avtomobil bilan amalga oshirilgan tryuklar.

@SARA_TARIX
1.1K views02:24
Ochish/sharhlash
2022-11-22 19:00:18
"Oʻlmas" avtoulov. Hatto tagida qishda muz ustida qarmoq bilan baliq tutishga moʻljallangan teshik ham bor.

@SARA_TARIX
951 views16:00
Ochish/sharhlash
2022-11-22 12:22:40
Jeki Channing yoshlik davri surati (chapdan birinchi).

@SARA_TARIX
1.8K views09:22
Ochish/sharhlash
2022-11-22 09:07:50
Qadimgi Baqtriyaning ajoyib kumush tetradraxmasi (tanga miloddan avvalgi 200-185 yillarga to'g'ri keladi).

Hindistondagi Mauriya imperiyasining zaiflashuvidan foydalanib, Baqtriya podsholigining qudrati kengayib boradi. Ehtimol, bu tanganing avers tomonida fil tasvirli bosh kiyimdagi hukmdor surati Hindiston yerlariga harbiy ekspeditsiyaga bag'ishlangan boʻlishi mumkin.

@SARA_TARIX
625 viewsedited  06:07
Ochish/sharhlash
2022-11-22 06:20:06
Georgiy Millyar

Sovet aktyori Georgiy Millyar (1903-1993) sovet ertak filmlarida ko‘pincha yovuz rollarni ijro qilgan: Shum-kampir (Baba-Yaga), O‘lmas Kashshey. Har safar unga filmdagi rollari uchun murakkab grimlar qilingan. Ammo O‘lmas Kashshey roli uchun unga bunday murakkab grim shart bo‘lmagan. Chunki aktyor tabiatan juda ozg‘in edi, ustiga-ustak bunga qo‘shimcha ravishda Ikkinchi jahon urushi yillarida Dushanbega evakuasiya qilish vaqtida u bezgak bilan og‘rib, 45 kilogramm vaznli tirik skeletga aylanib qolgandi.

@SARA_TARIX
1.2K viewsedited  03:20
Ochish/sharhlash
2022-11-21 17:00:45
Ishga yoʻl olgan odamlar, Tirana, Albaniya. 1992-yil.

@SARA_TARIX
1.9K views14:00
Ochish/sharhlash
2022-11-21 10:46:11
Qoʻrqma, onajoning yoningda!

Italiya, 1940-yil.

@SARA_TARIX
1.0K views07:46
Ochish/sharhlash