Get Mystery Box with random crypto!

TARIXLAR SARASI

Telegram kanalining logotibi sara_tarix — TARIXLAR SARASI T
Telegram kanalining logotibi sara_tarix — TARIXLAR SARASI
Kanal manzili: @sara_tarix
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.98K
Kanalning ta’rifi

🌐 Tarixiy maʼlumotlar
📸 Noyob fotosuratlar
📽️ Kamyob tarixiy videolar
✏️ Oʻzbekiston va jahon tarixiga oid eng sara faktlar
❗Post koʻchirilsa, manba (@sara_tarix) koʻrsatilsin!
Реклама: @qitmirda_reklama
Loyihamiz: @qitmir_hazil

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-12-07 15:49:47
1973-yilda AQSH davlat kotibi Genri Kissinjer bilan suhbatda Xitoy rahbari Mao Szedun 10 million xitoylik ayolni AQSHga yuborishni taklif qiladi. U "bizda ayollar ko'p", deb tushuntiradi. "Ayollar farzand ko'rishadi va Xitoyda bolalar judayam koʻp".

@SARA_TARIX
1.3K views12:49
Ochish/sharhlash
2022-12-07 12:57:02
"Oʻgʻrilar ichida eng xavflisi ahmoqlar: ular bir vaqtning oʻzida bizdan vaqt va kayfiyatni oʻgʻirlashadi".

Aristotel - qadimgi yunon faylasufi. Platonning shogirdi. Mil.avv. 343-yildan 340-yilgacha Aleksandr Makedonskiyning ustozi boʻlgan.

@SARA_TARIX
1.7K viewsedited  09:57
Ochish/sharhlash
2022-12-07 07:12:42
1923-yilda Germaniyadagi giperinflyatsiya inflyatsiyaning rekord namunalaridan biridir. Bu oyiga 3,25 million% ni tashkil etgan (ya'ni narxlar har 49 soatda ikki baravar oshgan).

Germaniyada 1923-yildagi inflyatsiya bir Amerika dollari 4,7 trillion nemis markasiga teng bo'lishiga olib keladi.

Odamlar mahsulotlarni hisoblashga o'tishni boshladilar. Teatr, kino, sirkka tashrif buyuruvchilardan pul o'rniga oziq-ovqat mahsulotlari olib kelishni so'ray boshlashadi. Teatrdagi e'londan: arzon o'rindiqlar narxi 2 tuxum, qimmat o'rindiq narxi 1 kg sariyog'.

Ommaviy o'z joniga qasd qilishlar Germaniyani qamrab oldi. Aqlli chayqovchilar uylarning butun bloklarini sotib olardilar va nemislar ko'rlar kabi ularni qadrsiz millionlarga sotishardi, bu esa bir necha kun ichida shunchaki oddiy qog'oz parchalariga aylanardi.

@SARA_TARIX
1.9K views04:12
Ochish/sharhlash
2022-12-06 16:38:54
Turli filmlardagi eng xavfli ayollar...

@SARA_TARIX
1.4K views13:38
Ochish/sharhlash
2022-12-06 14:01:03
"Zaparojets" ZAZ-965 avtmobilining 1960-yillar boshida Finlandiya va Belgiya davlatlariga yetkazib berilgan eksport varianti. Finlyandiyaga "Jalta", Belgiyaga "Yalta" nomi ostida eksport qilingan.

@SARA_TARIX
445 views11:01
Ochish/sharhlash
2022-12-06 13:00:56
Uztelecom abonentlari uchun ajoyib yangilik!
Oltin Baliq endi telegramda.


Oltin Baliqdan mutlaqo yangi dizayngali Telegram botda foydalaning va har kuni SMS, Daqiqa, Internet paketlarga, shuningdek, ajoyib sovg'alar va hattoki balansingizni to'ldirishni yutish imkoniyatiga ega bo'ling

Har kuni bonus olish uchun 6 ta imkoniyat!
1-chi imkoniyat narxi bepul

1. 500 so‘m - Internet paket 500 MBgacha (daqiqa va smslar ham mavjud)
2. 700 so‘m - Internet paket 750 MBgacha (daqiqa va smslar ham mavjud)
3. 1000 so‘m - Internet paket 1000 MBgacha (daqiqa va smslar ham mavjud)

Siz tanlagan premium bonuslar - bu yanada ko'proq internet va daqiqalar!

1. Premium-1 2000 so‘m - Internet paket 1500 MBgacha (daqiqalar ham mavjud)
2. Premium-2 3000 so‘m - Internet paket 2000 MBgacha (daqiqalar ham mavjud)
3. Premium-3 4000 so‘m - Internet paket 3000 MBgacha (daqiqalar ham mavjud)

Bundan tashqari siz yana 7-chi imkoniyat bonusiga ham ega bo'lishingiz mumkin

USSD -

729 views10:00
Ochish/sharhlash
2022-12-06 08:00:54
Afsonaga ko‘ra, Fors hukmdori, Kirning o‘g‘li Kambis II er.avv. 525-yilda Misr shahri Pelusiyani qamal qila turib, o‘z armiyasining jangovar saflari oldidan mushuklarning bir suruvini qo‘yib yuborishga buyruq bergan va shu usul orqali jang taqdirini hal qilgan.

Ma’lumki, mushuklar qadimgi misrliklar uchun muqaddas jonivor sanalgan. Ularni o‘ldirganlik uchun o‘lim jazosi berilgan. Forslar mana shunday usul bilan raqib mudofaasini osongina bartaraf etishgan.

@SARA_TARIX
1.4K views05:00
Ochish/sharhlash
2022-12-06 06:32:51
Goʻzallik qurbonlik talab qiladi: qizlar sochlarini 58 yil avval shunday tekislashgan. 1964-yil.

@SARA_TARIX
1.7K views03:32
Ochish/sharhlash
2022-12-05 19:13:06
Tehron universiteti talabalari. Eron, 1971-yil.

@SARA_TARIX
1.2K views16:13
Ochish/sharhlash
2022-12-05 15:35:34
1960-yillarda Amphicar fuqarolik amfibiya mashinasi Germaniyada ommaviy ishlab chiqarilgan.

Uning egalaridan biri Amerika prezidenti Lindon Jonson edi, u o'z mehmonlariga bu mashinasi bilan hazil qilishni yaxshi ko'rardi. Ularni rancho bo‘ylab sayr qilishga taklif qilgan prezident ko‘l yaqinidagi tepalikka haydab, keyin mashinani yoʻldan chiqarib yuborardi va tormoz ishlamay qolganini aytib baqirardi.

Mashina suv ichida paydo boʻlib, suzishda davom etayotganini koʻrgan Jonson yoʻlovchilar reaksiyasini koʻrib, ular ustidan xoxolab kulardi.

@SARA_TARIX
1.7K viewsedited  12:35
Ochish/sharhlash