Get Mystery Box with random crypto!

Ularning o‘rnida korxona ishlab chiqarish zanjiriga bozorda xa | Saneg | Официальный канал

Ularning o‘rnida korxona ishlab chiqarish zanjiriga bozorda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqaradigan yangi qurilmalar qad rostlaydi. O‘zbekistonda hali ishlab chiqarilmagan zamonaviy benzin, zamonaviy moylar va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarila boshlaydi. Bu loyiha O‘zbekiston rivojiga katta ta’sir ko‘rsatadi va ayrim turdagi mahsulotlar tashqi bozorlarda ko‘plab xorijiy o‘yinchilar mahsulotlari bilan raqobatlashadi”, — dedi SEG ijrochi direktori To‘lqin Yusupov.
 
FNQIZ 1959-yil yanvar oyida foydalanishga topshirilgan. Sovet davrida korxona Gʻarbiy Sibir konlaridan olingan xomashyo bilan yuklangan, zavod xomashyoni qayta ishlashning umumsovet tizimiga kiritilgan. Korxonada asosan Samotlor va Markaziy Osiyo konlaridan xomashyo qayta ishlanar edi. 1991-yildan 2020-yilgacha zavodda jiddiy rekonstruksiya ishlari deyarli amalga oshirilmagan. SEG ishonchli boshqaruviga topshirilgunga qadar zavodning ish hajmi yiliga 1 mln tonnadan oshmagan.