Get Mystery Box with random crypto!

SEG FNQIZning tarixdagi eng yirik modernizatsiya ishlarini bos | Saneg | Официальный канал

SEG FNQIZning tarixdagi eng yirik modernizatsiya ishlarini boshlamoqda.
 
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidagi davlat ulushini sotib olgan SEG neft va gaz kompaniyasi korxona tarixidagi eng yirik modernizatsiya ishlarini amalga oshirishga kirishdi. Jami investitsiyalar hajmi 400 mln AQSh dollaridan oshadi. Kelgusida zavod O‘zbekistonda Yevro-5 toifali motor benzinlari va API bo‘yicha II+/III guruh moylarini ishlab chiqaruvchi birinchi va yagona korxonaga aylanadi.
 
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini 2020-yil fevral oyidan o‘zining ishonchli boshqaruvi ostiga olgan va shu yilning iyun oyida davlat ulushini sotib olgan O‘zbekiston Respublikasidagi eng yirik neft-gaz kompaniyalaridan biri “Sanoat Energetika Guruhi” kompaniyasi modernizatsiya loyihasining faol bosqichini boshlamoqda. Joriy ta’mirlash 1959-yilda qurilgan korxona tarixidagi eng keng qamrovli va kompleks tadbir bo‘ladi. Butun rivojlanish davri mobaynida zavodda faqat qisman jihoz va qurilmalarni almashtirish amalga oshirilgan. 1997-yildan 2000-yilgacha bo‘lgan davrda yoqilg‘i bloki rekonstruksiya qilingan, ammo 60 yildan ortiq vaqt davomida to‘liq ta’mirlash ishlari biron marta ham amalga oshirilmagan.
 
SEG boshqaruvi ostida amalga oshiriladigan modernizatsiyadan so‘ng FNQIZ O‘zbekiston Respublikasida AI-92 dan yuqori oktanli Yevro 5 benzin ishlab chiqarishga qodir birinchi korxonaga aylanadi hamda JET A-1 markali aviayonilg‘i, zamonaviy standartlarga muvofiq bazaviy va motor moylari (II va III guruh) ishlab chiqarishni o‘zlashtiradi. Xomashyoni qayta ishlashning umumiy hajmi kamida 92 foizni tashkil etadi (bugungi qiymat 87 foizdan oshmaydi). Yangi ishlab chiqarish quvvatlari va yangi mahsulot bozorlariga chiqish FNQIZda qayta ishlangan xomashyo hajmini ikki barobarga oshirishga va bu qiymatni yiliga 2 mln tonna neft va gaz kondensatiga yetkazishga imkon beradi. Bundan tashqari, modernizatsiya ushbu neftni qayta ishlash zavodining ekologik jihatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi va bu borada FNQIZni jahon standartlariga yaqinlashtiradi.
 
Modernizatsiya ishlari 2023-yil oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan. Ishlab chiqarishni keng ko‘lamli kengaytirish loyihasiga jalb etilishi rejalashtirilgan investitsiyalar hajmi 400 mln AQSH dollaridan oshadi. Investitsion xarajatlar 2023-yilda eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi.
 
Bugungi kunga qadar EPC-pudratchi — Enter Engineering kompaniyasini jalb qilgan holda tuproq ishlari tugallangan bo‘lib, suvni kimyoviy tozalash inshootiga ega bug‘ qozoni qurilmasi, gidrokreking qurilmasi, vodorod ishlab chiqarish va qisqa siklli absorbsiya singari yangi uskunalarni, shuningdek, yangi markaziy operatorlar va laboratoriya binolarini, xomashyo va mahsulotlarni saqlash rezervuarlarini o‘rnatish va qurish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, modernizatsiya loyihasini ishga tushirish doirasida SEG allaqachon FNQIZni yangilash uchun 160 mln dollardan ortiq mablag‘ni jalb qilgan. Axens (Fransiya), Wood (Italiya) kompaniyalari bilan lisenziyalash va muhandislik shartnomalari tuzildi, gidrokreking zavodi konfiguratsiyasini tasdiqlash bilan zavodni modernizatsiya qilish uchun FEED (asosiy loyiha) hamda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqildi va tasdiqlandi, gidrodesulfurizatsiya blokida katalizator almashtirildi, yangi qurilmalar 3D modellarining 60% ishlab chiqildi hamda uzoq muddat tayyorlanadigan uskunalar uchun buyurtmalar berildi va avans to‘lovlari amalga oshirildi.
 
“Kompaniyamiz oldiga keng ko‘lamli vazifa – O‘zbekiston aholisini o‘z neftimizdan olimgan yuqori sifatli yoqilg‘i va moylar bilan ta’minlash vazifasi turibdi. Shu bois qazib chiqarish sektorimizda ishlab chiqarishni rag‘batlantirishning ilg‘or texnologiyalarini joriy etmoqdamiz. FNQIZni modernizatsiya qilish ushbu vazifa bilan uzviy bog‘liq. Bugun biz zavod tarixidagi uni texnik qayta jihozlash bo‘yicha eng yirik dasturni boshladik. Yillar davomida muallaq turgan va buzishni talab qiladigan bir qator inshootlar buziladi.