Get Mystery Box with random crypto!

Zararli kitoblar xavfli emas. Ularni osongina ajratib olish, y | Sanjar Nazar

Zararli kitoblar xavfli emas. Ularni osongina ajratib olish, yomon deya belgilab qo‘yish mumkin. Foydasiz (ilimiliq, o‘rtamiyona) kitoblar juda xavfli. Ularga e’tibor bermaymiz, qarshi kurashmaymiz. Ular esa sekin-asta avlodlarning didini to‘mtoqlashtirib boraveradi. Kitob o‘qishga bo‘lgan ehtiyojingiz qonadiyu fikringiz tiniqlashmaydi, qalbingiz yumshamaydi, ko‘nglingiz tozarmaydi. Mutolaa zavqini tuymaysiz, unga xumorlikni orttirmaysiz. Oqibatda, haqiqiy kitob o‘ladi, uning o‘rnini kitobsifat, foydasiz matah zabt etadi. Agar bu o‘zim to‘qib olgan vahima bo‘lmasa, shundan xavotirlanishga chaqirgan bo‘lardim.