Get Mystery Box with random crypto!

Bir tanishim Ahmadboyga pul berib chuv tushgan. Odamzot shund | Sanjar Xo‘ja

Bir tanishim Ahmadboyga pul berib chuv tushgan.

Odamzot shunday ekan. Men aqlli, zukko va ziyrakman, deb o‘ylaydi. Kimdir aldab qo‘yishiga ishonmaydi. Shuning uchun o‘sha tanishim tez-tez aytadi:

- Ahmadboy O‘zbekistonni rivojlantirmoqchi edi. Hammani boy qilmoqchi edi. Amaldorlar buni xohlamadi. Shunga Ahmadboyni qamashdi.

Bu shunchaki o‘zini aldash.
Haqiqatdan qochish.

Huddi arabcha qo‘shiq uchun qamalganlarga faqat sudyalar aybdor deb ishonishdek.

Chunki, rahbarlar Umraga bordi, ishondik. Azon eshitganda yig‘lashiga ishondik. Video va rasmlarni tarqatib quvondik...

@sanjar_xoja