Get Mystery Box with random crypto!

Bu gaplarni bir yil avval yozgandim. Ilk Umradan keyin. Takror | Sanjar Xo‘ja

Bu gaplarni bir yil avval yozgandim. Ilk Umradan keyin. Takrorda foyda bor!

***

O‘zbekiston Prezidenti Umra ibodatini bajardi. Alloh qabul qilsin. Bundan xursand bo‘ldim. Bu xursandchilikni baham ko‘rishga shoshilmayapman.

Prezident o‘zini diniy taraflama xalqqa ko‘rsatdi. Endi buni haqiqiy ekanini ko‘rsatish sinovi bor.

Masalan,
- Diniy ta'limda erkinlik bo‘ladimi?
- Soqol va hijobga qarshilik qilganlar jazolanadimi?
- Davlat tashkilotida ro‘molli ayollar ishlay oladimi?
- Masjidlar ochilishi osonlashadimi?
- Qur'on musobaqalari tiklanadimi?
...va boshqa ishlar.

Eng asosiysi, saylovdan oldingi va'dalar bajariladimi? Minbardagi gaplarning ijrosi bo‘ladimi? Mansabdagi o‘g‘rilarga "a-ta-ta" deyishdan boshqa jiddiyroq chora ko‘riladimi...?

Ana shu ishlar qilinsa, Prezident Umraga borganidan xursandligimni hammaga ochiq aytaolaman.

Chuchvarani xom sanagandan ko‘ra, jo‘jani kuzda sanagan afzalroq. Chunki, sutdan og‘zi kuygan, qatiqni ham puflab ichadi.

@sanjar_xoja