Get Mystery Box with random crypto!

Bu qo‘shiq muallifi amerikalik Tupak Shakur. U 1996-yilda otib | Sanjar Xo‘ja

Bu qo‘shiq muallifi amerikalik Tupak Shakur. U 1996-yilda otib ketildi.

Chunki, buzg‘unchi, ayirmachi, nafratga yo‘g‘rilgan qo‘shiqlar aytgan. Aynan shu qo‘shiqni ham tarjima qilsangiz, g‘ij-g‘ij zo‘ravonlikka targ‘ib bor.

Bu qo‘shiq bizda trend bo‘ldi. Rasmiy tashkilot xodimlari ham, maktab o‘quvchilari ham, domla-yu imomlar bu qo‘shiqni tarqatdi.

Hech kim buzg‘unchi bo‘lib ketmadi. Bu qo‘shiqni eshitgan odam boshqalarni chertmadi, to‘g‘rimi?

Unda nega arabcha qo‘shiq eshitgan yosh-yosh yigitlar qamalib ketyapti? Nega yosh yigitlar tushunmagan tildagi qo‘shiq eshitganiga xorlanyapti?

Bu muammoga yechim aytaymi? Qamamaslik! Pashshadan fil yasamaslik!

@sanjar_xoja