Get Mystery Box with random crypto!

Kecha Amerikada yashayotgan tanishim ayti: - 9 yoshli o‘g‘lim | Sanjar Xo‘ja

Kecha Amerikada yashayotgan tanishim ayti:

- 9 yoshli o‘g‘lim maktabga boradi. Maktabda o‘qituvchi dars yuzasidan "Disney"ning multfilmlarini qo‘yib beribdi. "Disney"ni bilasiz, hozir ochiqcha buzuqchilikni targ‘ib qilyapti. Multfilmda ham shunday kadrlar bor ekan.

Bolalar bu haqida uyiga borib, ota-onasiga aytdi. Ota-onalar birlashib, o‘qituvchini sudga berdi. Bolasiga buzuqchilikni targ‘ib qilgani uchun. Natijada, o‘qituvchi qamaldi.

- Yaxshi ma'lumot. Bu haqida yozsam bo‘ladi. Lekin Amerika deganda aqliga faqat buzuqlik keladiganlar tushunmaydi.

Pulini dollarda yig‘adi, ayfon tutadi, shevrolet minadi. Lekin shunda ham fikr qilmaydi.

Hatto, Amerika alohida shtatlardan iborat bir davlat. Har bir shtatda o‘zini qonunlari bor. Ko‘p shtatlarda buzuqlik taqiqlangan. Buni ham bilishmaydi. Shuning uchun, yozib o‘tirmayman, dedim.

Endi savol:
Mayli, Amerika achib-chirib ketdi, deylik. Biz qanchalik musulmonmiz?

Ba'zi masjidlarga yosh bolalar kiritilmaydi. Maktablarda ro‘mol bilan bog‘liq ziddiyatlar doim bor. 18 yoshgacha diniy ta'lim taqiqlangan.

Bolamiz uchun necha marta sudga berdik?

@sanjar_xoja