Get Mystery Box with random crypto!

SANAMJON 🎀🎀🎀

Telegram kanalining logotibi sanamjon_1 — SANAMJON 🎀🎀🎀 S
Telegram kanalining logotibi sanamjon_1 — SANAMJON 🎀🎀🎀
Kanal manzili: @sanamjon_1
Toifalar: Musiqa , Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.51K
Kanalning ta’rifi

🔮 MOTIVATSIYALAR;
🏞 FOTO va
🎗 STATUSLAR;
🎙 RETRO va KLASSIKAlar;
🎧 AUDIO va 🎥 VIDEOlar;
🎼 SOUNTREKLARning eng yaxshilari
faqat BIZDA! 🤗🤗🤗
📌 Reklama va takliflar uchun:
@sanamjon_reklama_bot

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2022-01-23 09:48:40 Naushnikni yurakka taqing!

ADALE

SOMEONE LIKE YOU

Boshqa kimdir ham sendek!

MUSIC TIME

Siz sevgan ohanglar sehri

SANAMJON da...

Kanalimizga obuna bo'ling!

https://t.me/joinchat/AAAAAEms7ALOZpVxIIBGig
2.8K viewsedited  06:48
Ochish/sharhlash
2022-01-23 09:44:13 СТРЕССдан қандай халос бўламиз?

Aмерикалик психотерапевт Женет Войтитс нинг стрессни камайтириб, ўзига ишончни оширишга ёрдам берадиган тавсиялари:

1. Ўзингизни англашга ёрдам берадиган ягона йўл - бу ўзингизга нима мослигини топиш.

2. Исталган зарарли одатларга қарши биринчи қадам, бу одат борлигини тан олиш. Нега қарамлик юзага келгани сабабини топиш.

3. Тўғри ёки нотўғри ҳиссиёт бўлмайди. Улар шунчаки мавжуд. Кимдир сизга ъжаҳл қилманғ дегани билан, уни босиб сиз муаммодан халос бўлмайсиз, ҳиссиёт ўз ўзидан босилиб кетмайди. У эртами кеч юзага чиқиши керак.

4. Ёлғизликдан қутилиш учун, бошқалар сизни йўқлашини кутманг, аксинча ўзингиз бошқаларга эътибор беришни бошланг. Бошқалар сизни ёқтиришини хоҳласангиз, дастлаб ўзингиз уларни яхши кўришни бошланг.

5. Ўзингизни танқид қилиш бу фақат ўзингизга берган шахсий баҳоингиз. Сиз унчалик яхши қилолмайдиган ишни бошқалар умуман эплолмаслиги мумкин. Aммо, улар ўзини танқид қилмайди.

6. Ҳаётингиздаги барча одамларнинг тутган ўрни, аҳамияти ҳақида ўйлаб кўринг. Бу одамлар сизга қандай фойда келтиради ё зарар, ўйлаб кўринг. Ўзингизга ёқмаган одамлардан воз кечишдан қўрқманг.

Kanalimizga obuna bo'ling!

https://t.me/joinchat/AAAAAEms7ALOZpVxIIBGig
2.9K viewsedited  06:44
Ochish/sharhlash
2022-01-22 11:13:12 Abdulaziz Karim

Qurbon bo'laman!

RETRO TARONA

MUSIC TIME

Siz sevgan ohanglar sehri

SANAMJON da...

Kanalimizga obuna bo'ling!

https://t.me/joinchat/AAAAAEms7ALOZpVxIIBGig
2.5K views08:13
Ochish/sharhlash
2022-01-22 11:10:48 ЎЗИДАН ПУЛ ҚИЗҒАНИШ...

Меҳмонлар учун алоҳида идишлар, махсус ҳолатлардагина кийиладиган чиройли кийимлар, байрамлардагина тайёрланадиган мазали таомлар...

Кўпинча одамлар ўзларидан пулларини қизғанишади. Оддийроқ кийинишга, арзонроқ овқатлар ейишга, ўзлари учун камроқ пул сарфлашга ҳаракат қилишади.

Сизни бундай ҳаёт тарзи қониқтирадими? Азизлар, ахир сиз бундан-да кўпроғига лойиқсиз!

Келинг, яхшиси, бугундан ўз чегараларингизни кенгайтиринг. Ўзингизга берадиган баҳоингизни оширинг. Қандай ҳаётда яшашни истардингиз? Тасаввур қилинг, орзуингиздаги касб ҳақида ёки қаерда ўқимоқчилигингиз ҳақида ўйлаб кўринг.

Чиройли ва бахтли ҳаёт сизга совға қилинишини кутманг. Чунки, бахтли ҳаёт бу сизнинг танловингиз ва ҳаракатларингиз натижасидир. Ўзингизга истаганингиздек гўзал ҳаёт тарзини кечиришга рухсат беринг!

Kanalimizga obuna bo'ling!

https://t.me/joinchat/AAAAAEms7ALOZpVxIIBGig
2.6K viewsedited  08:10
Ochish/sharhlash
2022-01-22 10:06:34 Diqqat bilan tinglang!

#AUDIOKITOB

Shuhrat Qayumov

"O'KINMA!" kitobidan...

SHUKR va KUFR

BAXT SIMFONIYASI...

Kanalimizga obuna bo'ling!

@baxt_simfoniyasi_kanali
@baxt_simfoniyasi_guruh

Murojaat uchun!
@sanamjon_reklama_bot
2.4K viewsedited  07:06
Ochish/sharhlash
2022-01-22 09:15:50
DIQQAT, DIQQAT, AZIZLAR!

Sizni oilaviy muammolar qiynayaptimi?

Yaqinlaringiz bilan chiqisha olmayapsizmi?

Moliyaviy tomondan ya'ni puldan erkin emasmisiz?

Oldingizga qo'ygan orzu - maqsadlaringizga erishishingiz oson emasmi?

O'zingizga bo'lgan ishonchingiz pastmi?

U holda bu borada BIZ SIZGA YORDAM BERAMIZ!

Sizning talab va istaklar asosida,
Qiziqarli anglashlarga boy,
Muvaffaqiyatli natijalarga ega

EKSKLYUZIV va INTERAKTIV

1 OYLIK ONLINE KURSIMIZ

SHUKRONALIK MO'JIZALARI
YOXUD
QALBAN POKLANISH KURSI

2-guruhi tashkil qilinmoqda!

Darslar 30 kun davomida, yopiq guruhda bo'lib o'tadi:

Hafta - TOZALANISH
Hafta - QALBNI OCHISH
Hafta - SEVGIGA TO'LISH
Hafta - SEVGINI ULASHISH

OXIRGI 2 KUN - NATIJA va
TAASSUROTLAR kuni

KURS NARXI: 175 000 so'm.

Kursga sherik taklif qilganlar uchun har biriga 10 % dan chegirma bor.

Murojaat uchun!
Lichka: @sanamjon_admin
Telefon: +998903728814
2.7K viewsedited  06:15
Ochish/sharhlash
2022-01-21 17:29:29 Diqqat bilan tinglang!

#AUDIOKITOB

Baxtiyor Mo'minov

MEHRNING NARXI!

BAXT SIMFONIYASI...

Kanalimizga obuna bo'ling!

@baxt_simfoniyasi_kanali
@baxt_simfoniyasi_guruh

Murojaat uchun!
@sanamjon_reklama_bot
2.0K views14:29
Ochish/sharhlash
2022-01-21 16:30:56
Фиръавннинг аёли.

Ушбу ВИДЕОни охиригача
ДИҚҚАТ билан кўринг!

Қуръонда зикри келган
аёллар қиссаси... (14-қисм)

(Давоми Жума кунлари берилади)

Kanalimizga obuna bo'ling!

https://t.me/joinchat/AAAAAEms7ALOZpVxIIBGig
2.3K views13:30
Ochish/sharhlash
2022-01-21 15:15:48 ERKIN VOHIDOV - ILTIJO...

Ey, hayot deyilgan mo'jiziy qudrat,
Tiriklik atalgan buyuk ibtido!
Ey, meni olamga keltirgan qismat,
Jonlar volidasi - ey oliy momo!
Charxmisan - falakmi, yoki tabiat,
Shukrona ayturman senga avvalo

Inson jismin berib menga bul sifat,
Keng olamni qilding ko'kragimga jo.
Dilimga his berding, boshimga fikrat,
Qulog'imga ohang, ko'zimga ziyo.
Solding qalbga jon-u, jonga muhabbat,
Qo'limga soz tutding, tilimga navo.

Menga nasib etding shunday mamlakat,
Mamlakatki, olam mulkida tanho,
Yashamoqqa berding sozgina muhlat,
Tarix tirsagidan umr etding ato.
Shukrona aytayin, bergil ijozat,
Zamon-u makoning uchun bebaho.

Ey, hayot deyilgan mo'jiziy qudrat,
Tiriklik atalgan buyuk ibtido,
Ey, meni olamga keltirgan qismat,
Jonlar volidasi - ey oliy momo!
Qoshingda tiz cho'kay, bergil ijozat,
Shukronamni aytib qilay iltijo.

To bu dam nimaki qilibman niyat,
Ko'nglimda tug'ilmish neki muddao,
Qandayki so'rabman sendan saodat,
Barchasini bekam qilding muhayyo.
Qoshingda tiz cho'kay, bergil ijozat,
Yolvorib qilayin senga iltijo!

Menga diyor berding, ko'rk-u latofat,
Xusn-u malohatda tengi yo'q, a'lo.
Ona o'lkam mening ramzi sadoqat,
Durlar shodasida durdona go'yo.
Men uni sevganman, jonim ol, faqat
Diyorim mehridan qilmagin judo!

Menga maslak berding, hur insoniyat,
Oydin istiqboli umrimga ma'no,
Bor ekan ko'zda nur tanimda quvvat,
O'shal e'tiqodim menga rahnamo.
Roziman, mayliga, borim ol, faqat
Yorug' ishonchimdan qilmagin judo!

Menga sevgi berding ul oftob tal'at,
Dilimga dard soldi, ham bo'ldi shifo,
U bois menda bor quvonch va hasrat,
U bois ko'rarman vafo ham jafo.
Mayli, o'sha o'tda yonayin, faqat
Meni muhabbatdan qilmagin judo!

Menga do'stlar berding, do'stlikku hikmat,
Tanholik dardiga u tanho davo.
Olamda bor bo'lsa, neki farog'at,
Avvalo do'stimga ko'rurman ravo.
Yuragimni olgin, roziman, faqat
Meni do'stlarimdan qilmagin judo!

Menga qalam berding, munis she'riyat,
Hayotimni qilding to'liq va raso.
Ko'zdan uyqu ketdi, tandin halovat,
Lek jomi jam bo'ldi ko'nglimda paydo.
Jon-u jahonimni ol, mayli, faqat
Meni she'r mehridan qilmagin judo!

Zamon kelar bir kun, ellar hamjihat,
Saodat qasrini qilurlar bino.
Men ham o'sha kunga borurman albat,
Qalamimni qilib qo'limga aso.
Iltijo qilurman senga - tabiat,
Meni pok iymondan ayirma aslo!

Kanalimizga obuna bo'ling!

https://t.me/joinchat/AAAAAEms7ALOZpVxIIBGig
2.6K viewsedited  12:15
Ochish/sharhlash
2022-01-18 15:43:46
#NATIJALAR...

Mana, Azizlarim, "SHUKRONALIK MO'JIZALARI" kursimizning 1-guruhidagi o'quvchilarimiz olayotgan qaynoq natijalar!

BAXT SIMFONIYASI...

Kanalimizga obuna bo'ling!

@baxt_simfoniyasi_kanali
@baxt_simfoniyasi_guruh

Murojaat uchun!
@sanamjon_reklama_bot
1.9K views12:43
Ochish/sharhlash