Get Mystery Box with random crypto!

samiyev.uz | programmist blogi

Telegram kanalining logotibi samiyev_uz — samiyev.uz | programmist blogi S
Telegram kanalining logotibi samiyev_uz — samiyev.uz | programmist blogi
Kanal manzili: @samiyev_uz
Toifalar: Ish
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 208
Kanalning ta’rifi

Dasturlash, karyera, startup, intervyular,
podkastlar.
© - Ma'lumotlardan insof bilan foydalaning
Linkidin — linkedin.com/in/imfozilbek
Feedback — @imfozilbek
Comments — @samiyevuz_izohlar
https://samiyev.uz

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-10 07:05:47 ​​Chiqayotgan eshigingizni qattiq yopmang
Yoxud: Faqat siz yaxshi-yu, qolganlar yomon-mi? 

Dasturchilar yoki boshqa soha vakillari ham vaqti kelganida ish joyini o’zgartirishlariga to’gri keladi. Chunki bizni hech qachon hozirgi holat qoniqtirmaydi. Har doim ketishga sabab topa olamiz. 

Ishga kirish maqsadida kelgan ko’pchilik bilan suhbat jarayonida beriladigan asosiy savollardan biri “Oldin qayerda ishlagansiz yoki hozir qayerda ishlayapsiz?” shu bo’ladi. Bu savolga nomzoddan sobiq yoki hozirdagi ish joyi yani qaysi ekanligiga aniqlik keltirib berishi kutiladi. Nomzod bu savolga shartli ravishda “ABC” deb javob beradi, “bla bla bla” deb “ABC” kompaniyasini ta’riflab beradi.

Keyin esa nomzodga “ABC kompaniyasida sizga qo’yilgan majburiyatlar qanaqa edi?” degan savol beriladi. Nomzodga bu savolni berishdan ko’zlangan maqsad, oldin qanday yo’nalishda (projectda, serviceda) tajribaga ega ekanligini aniqlash va ish beruvchi kompaniyada uning tajribasiga mos keluvchi ish o’rni (komanda) bor yoki yo’qligiga aniqlik kiritish bo’ladi.

Keyingi savol: “ABC kompaniyasidan nega ketmoqchisiz?” 
Nomzod bilan suhbatning aynan shu qismi bu postni yozishga turtki bo’ldi.

Aksariyat nomzodlarning beradigan javobining o’zagida “Men bir to’da axmoqlar orasida D'Artanyan edim” degan mano yashringan bo’ladi. Va bir to’da axmoqlarning unga nisbatan qilingan noto’g’ri munosabatlari yoki ish beruvchining unga nisbatan komanda xoxlagandek munosabatda bo’lmaganligi, bla-bla-bla, fizz-bizz, blablabla…

Nomzod bu savoldan ham sobiq ish joyini yoki komandasini yomonlab o’zi qup-quruq chiqdi deylik, navbatdagi savol uni javobsiz qoldirishga majbur qiladi:
"Sobiq ish joyingizda sizga noqulaylik tug’diradigan holatlarni tuzatish uchun qanday yo’l tutdingiz?" 

Agar postni shu qismigacha o’qigan bo’lsangiz muammo nimada ekanligini tushunib bo’ldingiz deb o’ylayman.

Nomzod sifatida suhbatga borar ekansiz, yuqoridagi savollar sizning Soft yani (Soft va Hard bilimlar to'g'risida alohida postda yozaman), dasturlash tili yoki texnologiyasiga umuman aloqasi bo’lmagan bilimlaringiz (insonlar bilan qiladigan muomala madaniyatingiz, psixologik og’ir vaziyatlarda o'zingizni qanday tutishingiz) tekshiruvi uchun xizmat qiladi.

Sobiq ish joyini yoki ish beruvchini yomonlab, o’sha joyga qaytib borib ishlashda davom etganlarni ko’rdik.

Nomi ulug’ kompaniyalarda ishlab, tajriba orttirib, O’zbekistondagi kompaniyalarga qaytib kelib ishlaydiganlar ham oramizda ko’pgina.

PS: Bu turdagi savollarga o'zingizni va boshqalarni ham yomon ko'rsatmasdan javob berishga harakat qilganingiz ma'qul deb o'ylayman.

@samiyev.uz
604 views04:05
Ochish/sharhlash
2023-03-09 22:52:10 Networking juda muhim.

Ekstravert emasman (men shunday deb hisoblayman). Tusovkalarda (doʻstlar yoki tanishlar bilan birga oʻtirganimizda) koʻp holatlarda telefonda maqolalar oʻqib oʻtiraman. Chunki u yerda koʻtariladigan mavzular zerikarlidek tuyuladi. 

Oxirgi paytlarda shuni tushunib yetdimki, inson har qanday mavzuda boshqalar bilan suhbatlar olib borsa, miyasida javobsiz qolgan savollarga javoblar toparkan. Miya bu savollar haqida oʻylashdan toʻxtab, fikrlashga moʻljallangan resurslar boshqa tomonga sarflanish imkoniyatiga ega bo'larkan.

Hamma asosiy ishdan boshqa doʻstlar bilan yigʻilishlarga, tadbirlarga (sohangizga aloqador boʻlsa ham) vaqt topolmasligini aytib borishdan bosh tortishadi. Men ham shunaqa insonlar tarkibiga kiraman. Chunki hozirda qilayotgan ishim hammasidan muhim boʻlib koʻrinaveradi.

Bir hafta oldin Nuruddin Iminokhunov (bloger, startuper, product manager) bilan shunchaki suhbatlashish uchun birga nonushta qilishni kelishib oldik. Ishonsangiz aslida nima haqida gaplashishni oʻzimiz ham yaxshi bilmasdik, lekin gap-gapga ulanib ancha mavzular koʻtarildi. Eng ajoyib joyi yillab meni qiynab kelgan savollar oddiy soʻzlashuv orasida oʻz javobini topdi.

Networking hamma narsadan muhim deyolmayman, lekin har bir soha vakili networking uchun vaqt ajratishi kerak.

Bunday deyishimga arzigulik sabablar:

1. Networking — boshqalarning yoki boshqa bozorlarning iqtisodiyotini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Omma oldida aksariyat insonlar pul haqida gaplashishni afzal koʻrmaydilar, aslida esa bu hamma uchun juda qiziq mavzulardan biri. Har qanday biznesning yoki faoliyat turining iqtisodiyoti har doim sirligicha qoladi, birga-bir oʻtirib gaplashganda esa, bu va bunga oʻxshash mavzularga alohida urgʻu beriladi.

2. Networking bu sizga kelajakdagi yoʻlingiz uchun chipta vazifasini oʻtash ehtimolligi juda katta. Siz network qurayotgan inson yoki insonlar jamoasining ham oʻzlarining networklari bor. Agar ular siz (hayotdagi qarashlaringiz, qoʻlingizdan keladigan ishlar) haqingizda bilishsa, kimgadir siz haqingizda aytishlari imkoniyatini oshiradi.

Shu bilan birga, uchrashuvlar yoki shunga oʻxshash tadbirlarda muvaffaqiyatli network qurishda quyidagilar sizga yordam beradi deb o'ylayman:

1. Suhbatga taklif qilishni o'rganing. Suhbatdoshning fikrlari qiziq bo'lsada, "nega men birinchi bo'lib taklif qilishim kerak" deb hamma qiynaladi. Sizda kim bilan bo'lsada suhbat qurish niyati paydo bo'ldimi, demak tanlangan suhbatdoshning fikrlari siz uchun qiziq. Buni ochiq aytsangiz suhbatdosh bundan bosh tortmaydi.

2. Savollar bering. Qaysidir soha kesimida istalgan kishi sizdan koʻproq narsani bilishi aniq. Suhbatni shundan boshlang. Bu, birinchidan, qiziqarli, ikkinchidan, bunday turdagi suhbat sizga yangi gʻoyalar berishi mumkin.

3. Tinglashni ham biling. Savolingizni suhbatdoshga berib oʻzingiz undan-da aqlli boʻlib koʻrinmoqchi boʻlsangiz, siz bilan hech kimning suhbatlashgisi kelmaydi.

Menimcha har qanday ma'lumotni (to'g'ri yoʻl bilan izlansa) internetdan topish mumkin. Lekin afsuski, oʻqilgan, eshitilgan, koʻrilgan maʼlumotlar biz uchun shunchaki foydali maʼlumotga aylanmaydi. Olingan maʼlumot haqida kim bilandir suhbat olib borsangiz yoki, oʻsha maʼlumotni muhokama mavzusiga aylantirsangiz, oʻshanda miya maʼlumotni toʻg'ri shaklga soladi va maʼlumotning foydalilik darajasi oshadi.

@samiyev.uz
2.8K viewsedited  19:52
Ochish/sharhlash
2023-03-09 12:13:10 ​​Qachon insonni dasturchi deb atash mumkin? (1-qism)

Yoxud bir oyoq kiyim taʼmirlagan kishi etikdoʻzmi? 

Siz qanday sohaga kirishingizdan qatʼiy nazar butun umr men shu soha egasiman deyishingiz faqat subyektiv fikrlash natijasi boʻladi. Boshqacha qilib aytganda siz faoliyat yuritayotgan soha mukammallashib boraveradi. Natijada sizga bugun men maʼlum soha egasiman deyishingizda sizga ishonch bergan bilimlar ertaga kamlik qilib qoladi. 

Nega etikdoʻz?

Etikdoʻzlik juda ajoyib kasb. Moddiylik tomondan olib qaraydigan boʻlsak, agar etikdoʻzlikni soha sifatida toʻgʻri yoʻlga qoʻyilsa (biznes sifatida qaralsa) u insonlarga dasturlashdan koʻproq manfaat olib kelishi mumkin. Chunki etikdoʻzga boʻlgan talab dasturchilarga boʻlgan talabdan anchagina koʻproq meni nazarimda. Chunki oyoq kiyim kiymasdan yuradigan odam boʻlmasa kerak. 

Etikdoʻzmi, dasturchimi, bekatdagi perashkachimi, ishining ustasi boʻlsa, insonlar muammolarini tushunsa, unga yechim topolsa va albatta topgan yechimlarini toʻgʻri sotolsa, xalq ichida oʻz oʻrnini topadi. Qisqa qilib aytganda qilingan mehnat, olingan bilimlar insonni ulugʻlaydi.

Tajribamizda “Hello world” ni ekranga chiqarib men dasturchiman deydiganlarning koʻpini uchratdik. Va oʻz navbatida katta kompaniyalarda ishlab, kompaniya biznesining rivojida katta hissa qoʻshib ham men dasturchi boʻldim deyishga ishonch topolmaganlarni ham uchratdik.

Ishoning hech bir inson bir kunda (bir oyda yoki bir yilda) maʼlum bir sohani mukammal egallay olmaydi. Lekin tinimsiz mehnat  ko'zlangan maqsadga olib boruvchi yagona yo'ldir.

Davomi bor..

@samiyev.uz
873 viewsedited  09:13
Ochish/sharhlash
2023-03-07 16:34:21
Universitetga kirish bir muammo bo'lsa,
uni tugatish undanda qiyinroq muammo.

Blogimni ochganimga o'n kun, bu haqida ma'lum qilganimimizga esa bir kun bo'libdi.

Postlarimdan birining ostida Ziyodbek Abdulhamidov o'z izohlarini qoldiribdilar.

Buni ko'rib juda ham xursand bo'ldim, chunki o'z fikrlarini bo'lishayotgan kishiga, uni kuzatib borayotlarning fikrlari juda ham muhim.

Izoh mazmuniga keladigan bo'lsak, akamiz universitetning oxirgi bosqichida o'qimoqdalar, lekin (tog'ri tushungan bo'lsam) soha tanlovida qiynalmoqdalar.

Agar ishonsangiz men ham bu tanlov ustida juda uzoq fikrlashimga, o'zim bilan kelishib olishimga to'gri kelgan.

Biz yaqin orada o'zimiz qilgan xatolar, ularning yechimlari, umuman olganda soha tanlovi va shunga yaqin mavzularda video call formatida online savol-javob session o'tkazmoqchimiz.

PS: Soha tanlovida adashmang, chunki tanlagan sohangizga butun umringizni sarflashingizga to'g'ri kelishi mumkin.

Obuna bo'ling
390 viewsedited  13:34
Ochish/sharhlash
2023-03-04 15:50:16 Hammasi maqsadingizga bogʻliq yoki 
nega hamma ham dasturchi boʻlolmayapti?

IT-kasblarga qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Buning aniq sabablaridan biri yuqori ish haqi. Koʻplab yoshlar dasturlashga kasb sifatida qiziqish emas, balkim tez boyib ketishni maqsadida oʻrganishni boshlashadi. Ushbu yondashuv tufayli ular bir necha oy ichida sohani oʻzlashtirishga harakat qilishadi va natijada hafsalasi pir boʻlib, uni tashlab ketishadi.

Nima uchun bir necha oy ichida dasturlashni oʻrgana olmaysiz?

Dasturlash sohasini shartli ravishda ikki qismga boʻlish mumkin: ixtisoslashtirilgan taʼlim va “oʻz-oʻzini oʻqitish”. Statistikaga koʻra, kod bilan ishlashning barcha nozik tomonlarini mustaqil ravishda oʻrganganlar bir necha baravarga kam. Nima uchun?

Dasturlashni o'rganuvchilar uchun eng yirik platformlatridan biri Coursera ning statistikasiga koʻra, dasturlash kurslarini boshlaganlardan oxirigacha boradiganlari 6% dan oshmaydi. “Oʻz-oʻzini tarbiyalash” yo'lidan ketganlar yanada kamroq muvaffaqiyat erishishadi.

Soha mutaxassislarining taʼkidlashicha, kasbni egallash uchun 2,5 yilni fundamental taʼlim uchun ajratish zarur. Ushbu oʻqish davrida odam faqatgina Junior-dasturchi maqomiga erishishi mumkin (Dasturchilar maqomlari haqida alohida postda yozaman).

Pul maqsadga aylanmasligi kerak boʻlsa, unda qanday qilib toʻgʻri yondashish mumkin?

Har qanday kasbda boʻlgani kabi, istak birinchi navbatda odam uchun gapiradi. Tajribali dasturchilar taʼkidlashlaricha, dastlab ularning motivatori umuman moddiy boylik emas, balki sohada yuqori darajalarga erishish hissi yoki hamma uchun taniqli bo'lgan kompaniyalarga ishga kirish bo'lgan. 

PS: Mening madsadim yaratuvchi bo'lish deb qoʻrqmasdan aytolaman.

Obuna bo'ling
773 viewsedited  12:50
Ochish/sharhlash
2023-03-04 15:02:25 Dasturchi sehrgar emas

Dasturchilik soha sifatida shakllanishi jarayonida dasturchilar va ushbu soha haqida miflar (afsonalar) ham koʻpayib boravergan.

Bu postda dasturchilik va dasturchilar haqidagi miflarning qanchalik rost yoki yolgʻonligini yoritib berishni niyat qildim. Shu sababli eng koʻp tarqalgan miflar haqidagi fikrlarimni yozmoqchiman.

Barcha dasturchilar o'ta oʻtkir zehnli bo'lishadi
Buni toʻligʻicha inkor etolmayman, lekin oʻtkir zehn egasi degan gapning maʼnosini hamma har-xil tushunadi. Dasturchilar kodlashni oʻzlashtirgan oddiy odamlardir. Va kod yozish uchun siz daho boʻlishingiz shart emas. Dasturchi boʻlish uchun siz xohishga ega boʻlishingiz, yangi narsalarni oʻrganishingiz va intizomga rioya qilishingiz kerak. Intizomsiz, xohishsiz, yangiliklarga qiziqishsiz ham dasturchi boʻlish mumkin, lekin siz har qanday sohani sohaning egasi boʻlishni maqsad qilgan boʻlsangiz, yuqorida aytib oʻtilgan sifatlarsiz siz boshqa sohalarda ham oqsab qolishingiz aniq. 

Barcha dasturchilar introvert odamlar
Filmlarda turli qahramonlarning obrazlari orqali bizda koʻplab stereotiplar shakllanib qolgan. Dasturchilar odatda kinoda qanday koʻrsatishadi? Ular tartibsiz kompyuter oldida uxlab, gʻijimlangan futbolka kiyib, tez tayyorlanadigan makaron yoki kechagi pitsa yeb oʻtiradigan erkak deb koʻrsatiladi. Aslida, dasturchilar boshqacha ham boʻlishi mumkin-ku. Ehtimol, kinolarda koʻrsatiladigandek dasturchilar ham mavjud. Ammo oddiy odamlar kabi sport bilan shugʻullanadigan, ovqatlanishga katta eʼtibor beradigan, oila davrasida yashaydigan va sayohatlar qiladiganlar dasturchilar ham mavjud. Dunyo boʻylab turli xil dasturchilar jamoalari mavjud. Ushbu kasb vakillari juda xushmuomala va quvnoq odamlardir. Agar ular xushmuomala boʻlishmasa jamoada oʻz hurmatlarini yoʻqotib qoʻyadilar.

Barcha dasturchilar erkaklardir 
Dasturchilar haqida ayolning bu sohada oʻrni yoʻqligi haqida ijtimoiy stereotip mavjud. Biroq, birinchi dasturchi ayol Ada Lovelace edi. Va dunyoda koʻproq erkak dasturchilar mavjud boʻlsa-da, ayol kishi bu kasbni tanlamasligiga obyektiv sabablar yoʻq.

Dasturchi boʻlish uchun sizga maxsus isteʼdod kerak
Dasturlash endigina yaʼni 20-asrda paydo boʻldi. Shuning uchun dasturchining isteʼdodi shunchaki qilingan harakatlarning natijasidir. Chet tilini oʻrganish yoki maʼlum sport natijalariga erishish uchun siz astoydil mashq qilishingiz lozim. Dasturchi boʻlish uchun ham astoydil kurashish kerak deb oʻylayman.

Dasturchi darhol katta pul topoladi
Dasturchining maoshi uning malakasiga, tajribasiga bogʻliq, endi boshlaganlarda hali tajriba mavjud boʻlmaydi. Va oyiga 1000$ va undan yuqori maosh olish haqiqatan ham mumkin boʻlsa-da, bu bir necha yillik mashaqqatli mehnat va doimiy tayyorgarlikni talab qiladi.

Dasturlash qobiliyatlari faqat dasturchilarga kerak
Dasturlash qobiliyati har qanday soha mutaxassislarining hayotini osonlashtiradi. Bu ishni optimallashtirishga yordam beradi, maʼlumotni qayta ishlashni tezlashtirish va biologlar, siyosatshunoslar, iqtisodchilar, statistika bilan shugʻullanuvchilar va fiziklar uchun qoʻl mehnatini avtomatlashtirishga yordam beradi.

PS: Men hech qanday tug'ma qobiliyatga ega inson emasman.

Agar sizga yana qandaydir miflar xalal berayotgan boʻlsa yoki javobsiz savollar boʻlsa izohlarda qoldiring.

Obuna bo'ling
317 viewsedited  12:02
Ochish/sharhlash
2023-03-04 13:58:31 Erkinlik bilan soha tanlash - hayotda eng muhim qadamlardan biridir.

Mening karyeramni dasturchilikdan boshlanmaganman. Oldin faoliyat koʻrsatgan soha haqida fikrim juda ham qoniqarli boʻlgan, yaʼni men oʻylaganmanki men oʻzimga yoqqan ishni topdim va uni butun umr almashtirishimga toʻgʻri kelmaydi.

Agar kimdir 19-25 yoshlar oraligʻida qilayotgan ishi butun umrlik deb oʻylasa adashadi.

Nega bunday fikrdaman: har qanday kishining fikrlashi, qadriyatlari yillar davomida shakllanib boradi. “Men bu sohada yoki bu ishda ortiq ishlayolmayman” degan qaror qisqa vaqt ichida kelmaydi. Lekin agar shu qarorga keldingizmi, demak siz aniq oʻzingiz shunday deysiz: menga yaratib-berilgan imkoniyatlar va moddiy resurslarga qaramasdan men ulardan voz kechaman va qaysi faoliyat turi yoqayotgan boʻlsa oʻsha yoʻldan ketaman.

Men bu qarorga kelganimda koʻpchilikka toʻgʻri qilayotganimni isbotlashimga toʻgʻri kelgan. Qaysi maʼnoda, men faoliyat yuritayotgan soha, oliy maʼlumot soham va endi faoliyatimni boshlamoqchi boʻlgan sohalar umuman bir biriga oʻxshamasdi.

Hamma: — bor imkoniyatlaringdan foydalan, senga dasturchilik nimaga kerak?, nima soha oʻzi bu? bu soha kimga kerak?, kim boʻlasan oʻzi dasturchilikda oʻqisang? Shunga oʻxshagan qarshiliklarni yengishga majbur boʻlganman.

Qaltis tanlov boʻlsa-da erkin tanlov yoʻlidan ketib undan-da koʻproq erkinliklarga erishdim deb qoʻrqmasdan ayta-olaman. Unutmang, qayerga qarab ketayotganingni toʻliq anglab yetgan boʻlsangiz hech kimga hech nimani isbotlashingizga majbur emassiz.

PS: Erkinlik, qurbonlik talab qiladi. Qaltis tanlovlarsiz hayot zerikarli.

Obuna bo'ling

#hayot_yuli
273 viewsedited  10:58
Ochish/sharhlash
2023-02-27 14:49:59 Salom!

Bu postni yozayotgan Fozilbek Samiyev va siz mening Dasturlash, Karyera, Startuplarga bag'ishlangan va Intervyular va podkastlar o'tkazilib boradigan kanalimdagi birinchi postni o'qiyapsiz.

Bolaligimda men professional dasturchi bo'lishni orzu qilmaganman. Lekin menda insonlar uchun foyda keltirishi mumkin bo'lgan buyumlar yaratish qo'lidan keladigan inson bo'lish orzusi bo'lgan.

19 yoshimda maktabdi bitkazib, Toshkent Davlat Texnika universitetida oliy ma'lumot olishni davom ettirdim (keyin esa 2018-yilda magistr darajasini olganman).

Qo'lga kiritilgan oliy ma'lumot bo'la turib, qiziqishlar (va boshqa sabablarga ko'ra, bu haqida alohida postda yozaman) umuman boshqa yo'ldan ketishga majbur qildi.

Oxir oqibatda dasturlashni o'rganib (bu qanday sodir bo'lgani haqida alohida postda yozaman) 2016-yilning oxirida Junior dasturchi sifatida faoliyatimni Payme kompaniyasida davom ettira boshladim.

Hozirgi paytda yani 2023-yilda Payme kompaniyasida Senior dasturchi sifatida faoliyat yuritib kelmoqdaman.

2016 va 2023-yillar orilig'ida Senior dasturchi darajasiga kelgunimgacha bo'lgan yo'lni boricha yoritmoqchiman.

Ushbu voqealar zanjirida juda ko'p qonuniyatlar va omad, ozgina kuch, shuningdek hayot, texnologiya, martaba, pul, boshqalar va o'zingiz bilan munosabatlar haqida bir yoki ikkita asosiy va ko'plab asosiy bo'lmagan savollar mavjud.

Bu savollarning ba'zilariga uchun men allaqachon javob topdim va siz bilan baham ko'rishdan xursand bo'laman, boshqalari esa sizning ozgina nazoratingiz ostida bo'lishni so'rab qolaman.

Oxirigacha o'qishga vaqt va xohish topganingizdan minnatdorman.

Obuna bo'ling

#hayot_yuli
495 viewsedited  11:49
Ochish/sharhlash