Get Mystery Box with random crypto!

Erkinlik bilan soha tanlash - hayotda eng muhim qadamlardan bi | samiyev.uz | programmist blogi

Erkinlik bilan soha tanlash - hayotda eng muhim qadamlardan biridir.

Mening karyeramni dasturchilikdan boshlanmaganman. Oldin faoliyat koʻrsatgan soha haqida fikrim juda ham qoniqarli boʻlgan, yaʼni men oʻylaganmanki men oʻzimga yoqqan ishni topdim va uni butun umr almashtirishimga toʻgʻri kelmaydi.

Agar kimdir 19-25 yoshlar oraligʻida qilayotgan ishi butun umrlik deb oʻylasa adashadi.

Nega bunday fikrdaman: har qanday kishining fikrlashi, qadriyatlari yillar davomida shakllanib boradi. “Men bu sohada yoki bu ishda ortiq ishlayolmayman” degan qaror qisqa vaqt ichida kelmaydi. Lekin agar shu qarorga keldingizmi, demak siz aniq oʻzingiz shunday deysiz: menga yaratib-berilgan imkoniyatlar va moddiy resurslarga qaramasdan men ulardan voz kechaman va qaysi faoliyat turi yoqayotgan boʻlsa oʻsha yoʻldan ketaman.

Men bu qarorga kelganimda koʻpchilikka toʻgʻri qilayotganimni isbotlashimga toʻgʻri kelgan. Qaysi maʼnoda, men faoliyat yuritayotgan soha, oliy maʼlumot soham va endi faoliyatimni boshlamoqchi boʻlgan sohalar umuman bir biriga oʻxshamasdi.

Hamma: — bor imkoniyatlaringdan foydalan, senga dasturchilik nimaga kerak?, nima soha oʻzi bu? bu soha kimga kerak?, kim boʻlasan oʻzi dasturchilikda oʻqisang? Shunga oʻxshagan qarshiliklarni yengishga majbur boʻlganman.

Qaltis tanlov boʻlsa-da erkin tanlov yoʻlidan ketib undan-da koʻproq erkinliklarga erishdim deb qoʻrqmasdan ayta-olaman. Unutmang, qayerga qarab ketayotganingni toʻliq anglab yetgan boʻlsangiz hech kimga hech nimani isbotlashingizga majbur emassiz.

PS: Erkinlik, qurbonlik talab qiladi. Qaltis tanlovlarsiz hayot zerikarli.

Obuna bo'ling

#hayot_yuli