Get Mystery Box with random crypto!

​​Oxirgi 60 yil va dasturlash Yoxud: aslida aytarli hech nima | samiyev.uz | programmist blogi

​​Oxirgi 60 yil va dasturlash
Yoxud: aslida aytarli hech nima oʻzgarmadi

Soʻnggi 40 yil ichida kompyuter qurilmalarining hisoblash quvvatini o'tmishda tasavvur qilib bo'lmas darajada o'zgardi.

Misol uchun, endilikda biz telefonlarimizda kompyuter oʻyinlarini bemalol oʻynay-olamiz, ular freon bilan sovitilgan 1970-yillarda tasavvurga ham sig'maydigan super kompyuterning hisoblash quvvatiga ega.

Ammo xuddi shu 40 yil ichida dasturiy taʼminot texnologiyasi deyarli oʻzgarmadi. Axir, biz hali ham 60-yillarda ishlatgan if, while tsikllari va topshiriq iboralaridan foydalanyapmiz-ku.

Agar 1960 yillardagi dasturchining qoʻliga hozirgi hisoblash quvvatiga ega boʻlgan kompyuterni beradigan boʻlsak, u oʻz hayratini yengib bemalol kod yozib bera-oladi.

Dasturlarni yozish jarayonidagina oʻzgarish boʻldi. Men kompyuter qurilmalarini yoki hozirgi kompyuterlarning tezligini nazarda tutmayapman.

Men dasturiy taʼminotning kod qismini nazarda tutyapman.

Bu dasturiy taʼminotning kodini yozish jarayonidagi fikrlash uslubi. Yaʼni bu Dasturlash Paradigmalari holos.

@samiyev.uz