Get Mystery Box with random crypto!

​​ Gigomonika Yoxud: Dunyoda ish tartiblari oʻzgarib bormoqda | samiyev.uz | programmist blogi

​​ Gigomonika
Yoxud: Dunyoda ish tartiblari oʻzgarib bormoqda

Gigomonika haqida eshitganmisiz? Agar yoʻq boʻlsa, bu postni oʻqish siz uchun juda qiziq deb oʻylayman.

Gigomonika (gig economy) bizning odatdagi ish tartibimiz yaʼni, ishchining kelishuv asosida belgilangan hafta kunlarida, belgilangan vaqt oraligʻida (9:00 dan 18:00 gacha) ishlab berishi haqidagi qarashlarimizni toʻliq oʻzgartirib yuboradi.

Boshqacha qilib aytganda, odatdagi ish tartibi uchun haq toʻlash hisob-kitobi ish beruvchi tomonidan, ishchi oʻz ish oʻrnida boʻlgan vaqt asosida olib boriladi. Gigonomika esa, siz ishlab bergan vaqt yoki ish oʻrnida boʻlganingiz uchun emas, siz koʻrsatgan natijalarga qarab ish haqi hisob-kitobini olib borish tizimini anglatadi.

Eslasangiz, bundan 2-3 yil oldin, Covid tufayli juda koʻpchilik uydan chiqmasdan ishlashga majbur boʻldi. Bu ish rejimi esa Gigonomikaning rivoji uchun xizmat qildi.

Covid karantin tartibi yakunlangandan keyin ham insonlar, masofadan ishlash, ish vaqtlarini oʻzlari belgilashlari va ish haqi ish vaqti asosida emas balki, ishchining koʻrsatgan natijalari asosida belgilanishi maqsadga muvofiq ekanligini anglab yetishdi.

Gigonomika koʻpchilikka maʼqul kelganining sabablari:
Ish joyiga yetib borish uchun vaqt sarflamaysiz

Tashqi koʻrinishingiz, ust-boshingiz haqida kamroq qaygʻurasiz

Ish joyida ish jarayonlariga aloqasi yoʻq narsalarga vaqt sarflanmaydi

Diqqatni boʻluvchi savollar, murojaatlar yozma ravishda amalga oshirilishiga toʻgʻri keladi va siz qaysi payt sizga maʼqul boʻlsa oʻsha paytdagina javob berasiz

Ishdan uyga yetib kelish uchun vaqtingiz ketmaydi
Umumiy qilib aytganda, vaqtingizni oʻzingiz xohlagandek erkin boshqarasiz

Oʻzimga keladigan boʻlsak ikkala ish tartibida ham ishlab koʻrdim. Albatta menga koʻproq vaqtni oʻzim erkin taqsimlaganimda, vaqtimdan unumli foydalana-olishimni anglab yetdim. 

Siz ham oʻylab koʻring, vaqtingizni toʻgʻri taqsimlay-olyapsizmi? Undan unumli foydalanyapsizmi?

Agar unumli foydalanmayapman deb oʻylayotgan boʻlsangiz, oʻylaymanki sizga ham Gigomonika yordam bera-oladi.

@samiyev.uz