Get Mystery Box with random crypto!

​​Work-Life Balance (ning buzilishi) Ish va shaxsiy hayot muv | samiyev.uz | programmist blogi

​​Work-Life Balance (ning buzilishi)

Ish va shaxsiy hayot muvozanati buzilishiga olib keluvchi sabablarni qisqacha yoritishga harakat qilib ko'rdim.

Boshqalarning sizga nisbatan ishonchini oqlayolmaslikdan qoʻrqish.
Agar siz boshqalarning sizga nisbatan bildirgan ishonchi sizning oʻzingizga bergan ishonchingizdan ustun tursa, xatolik boshqalarda emas sizning oʻzingizda. Bu haqida chuqurroq oʻylab koʻrganingiz maʼqul deb oʻylayman.

Koʻproq pul topish istagi.
Qancha pul ishlasangiz ham kamlik qilaveradi.

Oʻziga nisbatan yuqori talablar.
Shaxsiy hayotni ikkinchi oʻringa qoʻyib, koʻproq vaqtini martabaga bagʻishlab yuborish.

Ota-onalardan oʻrnak olish.
Agar ota-onalar mehnatkash boʻlishgan boʻlsa, yaʼni koʻp vaqtlarini ishda oʻtkazishgan boʻlsa, bola ham oʻz hayotida ulardan oʻrnak olishi.

Ishdagi vazifalarga notoʻgʻri ustuvorliklar belgilash.
Odam vazifalar juda koʻp boʻlgani uchun emas, balki vazifalarning ustuvorlik tartibi ustida ishlanmaganligi uchun, ayrim vazifalarga belgilanganidan koʻra koʻproq vaqt ajratishiga toʻgʻri kelishi mumkin.

Psixologik travma.
Hayotdagi muammolarga yechim izlashdan qochib, ishdan alamini olishi. Bu oxir oqibatda muammoning qaysidir maʼnoda unutilishiga olib keladi, lekin muammo yechilmagan holatda qolib ketadi.

Hobby yaʼni sevimli mashgʻulotning yoʻqligi.
Agar siz “ish-uy” tamoyili bilan yashayapsizmi demak sizda ishdan boʻsh vaqtingizni toʻldirish uchun hayotingizda boshqa hech narsa yoʻq.

PS: Har birimiz, ayniqsa dasturchilar bu boʻlimlarning har biri haqida chuqur oʻylab koʻrganlari maʼqul deb oʻylayman. Chunki bunday muammolar bilan yaʼni, buzilgan “ish va shaxsiy hayot muvozanati” aqliy faoliyat yuritadigan insonning foydali fikrlash darajasi ancha past boʻladi degan fikrdaman.

@samiyev.uz