Get Mystery Box with random crypto!

​​Ish beruvchiga (suhbat vaqtida) albatta shu savollarni berin | samiyev.uz | programmist blogi

​​Ish beruvchiga (suhbat vaqtida) albatta shu savollarni bering.

1. Ish kuni qanday tartibda oʻtadi?

Siz, ish sharoitlari, ish kuni qachon boshlanishi va tugashi, qanday texnologiyalar qoʻllanilishi va hokazolarni oldindan bilib olishingiz lozim.

2. Men kimlar bilan va necha kishi bilan ishlashimga toʻgʻri keladi?

Ish beruvchi sizga alohida loyiha beradi yoki siz guruh bilan ishlaysiz, bu ham juda muhim faktor. Agar guruh bilan ishlashingizga toʻgʻri kelsa, kelajakdagi hamkasblar haqida asosiy maʼlumotlarni oldindan bilib olish va ular bilan oʻzaro munosabatlarga oldindan tayyorgarlik koʻrish yaxshiroqdir.

3. Menga sinov muddati beriladimi, agar ha boʻlsa qancha davom etadi?

Bu fakt siz ishga tezroq moslashishingizga katta yordam beradi.

4. Kompaniya qanday loyihalar ustida ishlaydi va ishchilarga qanday koʻrsatkichlar qoʻyiladi?

Bu ishga qoʻshilishga va ish beruvchi sizdan nimani kutishini tushunishingizga yordam beradi.

5. Masofadan ishlash imkoniyati bormi? Ish taʼtili vaqtlari qanday rejalashtiriladi?

Agar siz oʻqisangiz yoki boshqa ishingiz ham boʻlsa, ushbu savolga javob, vaqtingizni to'gri rejalashtirishingizga yordam beradi.

6. Xodimlarni qoʻshimcha oʻqitish va rivojlantirish uchun qanday imkoniyatlarga egasiz?

Buni oʻzingiz ham tushunib oldingiz deb oʻylayman.

Bu postni yozish jarayonida oʻylab koʻrsam, tajribamda, bu turdagi savollarni bergan nomzodlar kamdan-kam bo’lgan ekan. 

Yuqoridagi savollarga ish beruvchidan imkoni boricha to'liqroq javob olishga harakat qiling!
Chunki ish beruvchi sizni, ishchi sifatida qabul qilgan taqdirda ham, ish beruvchi tashkilot yoki tashkilot ishchilari, tashkilotning ichki tuzumi sizga maʼqul keldi degani emas!

@samiyev.uz