Get Mystery Box with random crypto!

​​Dasturchi qancha haq olishi kerak? Yoxud: Dasturchi o’z mehn | samiyev.uz | programmist blogi

​​Dasturchi qancha haq olishi kerak?
Yoxud: Dasturchi o’z mehnatining qiymatini qanday bila-oladi?

Kechagina Yandex bosh direktori Elena Bunina, Alfa-Bankning HR bo'limi boshlig'i Marat Ismagulov va bir-necha shu sohaga aloqador kishilar ishtirokida olib borilgan Деньги пришли podcastini ko’rib chiqdim.

Podcastda hamma uchun og’riqli bo’lgan mavzular ko’tarilgan. Podcast olinganiga ancha bo’lgan bo’lsada, og’riqli mavzular haligacha shundayligicha qolmoqda.

Demak, podcastda menga eng yoqqan va hamma uchun foydali bo’ladi deb o’ylagan savollarim va ularga mutahassislarning javoblarini qisqacha yoritmoqchiman.

Savol: Ishga nomzodlik suhbatida, nomzod birinchi bo’lib pul haqida gap ochgani qanchalik to’g’ri?

Mutahassislar javobi: Aksariyat xollarda kompaniya nomzoddan birinchi bo’lib narx belgilashini kutadi, agar ishchi aytgan narx aslida unga loyiq ko’rishganidan ko’p bo’lsa ham, rozi bo’lishadi. Maqsad boshlang’ich motivition berish uchun.
 
Savol: Olayotgan ish haqi ishchini qoniqtirmasa qanaqa yo’l tutish kerak?

Mutahassislar javobi: Bu haqida kechiktirmasdan bo’lim boshlig’ingizga yoki HRga murojaat qiling. Sizning ichingizda uzoq vaqt norozilik yashasa, keyinchalik kelishuvlar muvoffaqiyatli bo’lishi ehtimolligi kamayadi. Men olayotgan ish haqimdan noroziman deb emas  balkim, men o’sishni xoxlayman, buning uchun mendan nima talab etiladi deb.

Savol: Ishchi boshqa kompaniyadan yaxshiroq taklif olsa qanaqa yo’l tutgani maq’ul bo’ladi?

Mutahassislar javobi: Deylik sizga boshqa kompaniya 1.5, 2 yoki 3 baravar ko’p pul taklif qilayotgan bo’lsa, siz bu haqida bo’lim boshlig’ingizga yoki HRga aytsangiz, bu ochiqchasiga shantaj deb tushiniladi. Shuning uchun bu haqida aytmasdan shunchaki, meni boshqa kompaniyaga ishga taklif qilishdi lekin, men ketmoqchi emasman. Agar qoladigan bo’lsam qanday yo’l tutamiz ma’nosida so’zlashuvni olib borganingiz maq’ul.

Savol: Ishchi o’z mehnatining haqiqiy narxini qayerdan bila-oladi?

Mutahassislar javobi: Haqiqiy naxr degan tushuncha juda mavhumdir. Hozirgi bozor holatida haqiqiy narx deydigan bo’lsak, bu ham har-xil kompaniyalar kesimlarida turlicha bo’lishi mumkin. Hamma o’z imkoniyatidan kelib chiqib va bozorni o'rganib, ish haqi belgilaydi. Bugungi kunda bozorda siz qila-oladigan ishning haqiyqiy qiymatini faqatgina boshqa kompaniyalarda suhbatdan o’tib aniqlab olishingiz mumkin. Lekin bunga qo’l urayotganingizda ehtiyot bo’ling, sizning boshqa joydan ish qidirib yurganingiz, siz va ish beruvchi o'rtasidagi munosabatlarga ta'sir o'tkazishi mumkin.

Yana bir savolni berishlarini kutgandim lekin, afsuski bu savol uchrashuvda tilga olinmadi:

Savol: Dasturchi qancha vaqtda ish joyini almashtirib turishi kerak?

Bu savolga javobni, keyingi postda yoritishga harakat qilib ko'raman. 

@samiyev.uz