Get Mystery Box with random crypto!

​​Metaolam yonginamizda (bo'lishi mumkin-mi?) Mashhur Rus blo | samiyev.uz | programmist blogi

​​Metaolam yonginamizda (bo'lishi mumkin-mi?)

Mashhur Rus blogerlaridan biri Yury Dud, Oleg Tinkovdan olgan intervyusida, Dud, AQSHda Tinkovni qonunbuzarlikda aniqlab sud qilishgani haqida aytib berishini so’raydi. Tinkov javob berayotganda sud jarayoni ZOOM platformasida olib borilgani haqida aytib o’tdi. Sud qarori to’laqonli qonuniy deb tasdiqlangan.

Ikki hafta oldin Kolumbiyada ham, sud jarayonlaridan biri Metaolamda bo’lib o’tdi.
Mening tushinishim bo’yicha Yo’l harakati bilan bog’liq sud ishi ko’rib chiqilgan. Uchrashuv taxminan bir soat davom etgan. Bu sudda ham sudyaning qabul qilgan qarori to’liq qonuniy kuchga ega deb topilgan.

ZOOM, GoogleMeet yoki shunga o’xshash video formatidagi majlislar olib boriladigan platformalar kabi, Metaolam ham ushbu bozorda o’z-o’rnini topadi.

Ushbu hodisalarni kuzatib, menda bir savol paydo bo’ldi. O’ylayman-ki, ushbu tizimlarni yaratuvchilar uchun ham muhim masalalardan biri shu bo’lsa kerak.
Savol shundan iborat-ki:
Metaolamda o’tkazilayotgan majlislarda aynan o’sha kishilar ishtirok etishayotganiga qanday qilib ishonch hosil qilish mumkin?

Siz bu haqida nima deb o’ylaysiz, fikringizni izohlarda qoldiring.

@samiyev.uz