Get Mystery Box with random crypto!

SaM

Telegram kanalining logotibi samdaqi_uz — SaM S
Telegram kanalining logotibi samdaqi_uz — SaM
Kanal manzili: @samdaqi_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 7
Kanalning ta’rifi

© SamDAQI Axborot xizmati
Murojaat uchun: @samdaqicontactbot
SamDAQI matbuot kotibi: @JavlonRashidovich

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2021-02-02 05:40:37 Ob-havo maʼlumotlari

Bugun, 2 fevral
+13°...+2°, Yomg'ir

Hozir: +6°, 6 m/s

Tong: +7°
Kun: +12°
Oqshom: +10°

Namlik: 77%
Shamol: Sharqiy-shimoli-sharq, 7 m/s
Bosim: 770 mm sim. ust.

Oy: Qisqarayotgan oy
Quyosh chiqishi: 07:40
Quyosh botishi: 17:54

@samdaqi_uz
913 views02:40
Ochish/sharhlash
2021-02-01 20:11:20
REKTOR TALABALAR HAYOTI BILAN YAQINDAN TANISHDI

Yanvar oyining so‘ngi kunlarida institut rektori Sulton Axmedov va mas’ul xodimlar bilan birgalikda talabalar turar joylarida istiqomad qilib kelayotgan talabalar bilan yaqindan muloqotda bo‘lib ularning turmush tarzi bilan tanishdi.

Talabalarning xonalarida yashash sharoitlari oshxona va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun moʻljallangan 5 tashabbus xonalarini koʻzdan kechirdi.

Mavjud sharoitlar hamda kamchiliklar oʻrganildi.

Talabalar turar joylarini koʻzdan kechirar ekan "— Yoshlar bizning kelajagimiz, ular uchun biz eng yaxshi sharoitlarni yaratib berishimiz kerak", deya taʼkidladi institut rektori.

Shundan soʻng institut Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor O.Xaitov hamda Moliya va iqtisod ishlari boʻyicha prorektor A.Rajabovlarga topshiriqlarni belgilab berdi.


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz
1.2K views17:11
Ochish/sharhlash
2021-02-01 17:13:01
#Matbuout_anjumani

Бугун, 1 февраль куни АОКА мажлислар залида Олий ва ўрта махсус вазирлиги ҳамда Халқ таълими масъуллари иштирокида матбуот анжумани ўтказилди.

Вазирлик бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 31 декабрдаги 824-сон қарори асосида ОТМларда ўқув жараёнига кредит-модуль тизимини жорий этиш борасидаги янгиликлар хусусида маълумот берди.

Вазирлик телеграм каналига уланиш
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g
1.0K views14:13
Ochish/sharhlash
2021-02-01 15:39:45
Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов кредит-модуль тизими ҳақида айрим маълумотларни бериб ўтди.

2020/21 ўқув йилидан 46 та ОТМда бу тизим жорий этилди ва босқичма-босқич кенгайиб боради;

Ўқув ҳафталари қисқарди. Илгари ўқув ҳафталари 38-40 ҳафта бўларди, ҳозир эса 36 ҳафтага туширилди. Шундан 30 ҳафтаси бевосита дарс бўладиган академ ўқув ҳафтаси ҳисобланади. Бундан келиб чиқадики, талабаларнинг академ ўқув йили 10 ойдан 7,5-8 ойга туширилди;

Бир семестр 18 ҳафтадан иборат бўлади, талаба шундан 15 ҳафтасида ўқийди. Қолган 3 ҳафтанинг 1 ҳафтаси янги фанлар ва профессор-ўқитувчиларни танлашга бағишланса, 2 ҳафтаси аввалги қарзларни ёпишга бағишланади. Шу 3 ҳафта ўтгач, дарслар бошланади;

Учинчи (ёзги) семестр ҳам киритилди. Бу қарздор талабаларни қайта ўзлаштиришига бағишланган семестр. Бунда талабалар кредит сотиб олиш учун қўшимча маблағ тўлайди ва қарзларини топширади. Таътил пайти ишга жалб қилингани учун, ўқитувчиларга алоҳида ҳақ тўланади.


@xushnudbek
1.0K views12:39
Ochish/sharhlash
2021-02-01 14:16:05
ОТМларда фанлардан баҳо олмаган талабалар учун 3-семестр ҳам ташкил этилади

Олий таълим тизимида талабаларнинг аризасига кўра, фанлардан баҳо олмаганлар учун 3-семестр ҳам ташкил этилади.

Учинчи семестр учун ариза берган талабалар белгиланган тартибда қўшимча тўлов қилади. Бу семестр ёзда ўтказилади.

https://kun.uz/38635754

Kun.uz Telegram kanallari

O‘zbekcha | Ўзбекча | Русская
964 views11:16
Ochish/sharhlash
2021-02-01 14:00:23
Qadrli talabalar!!!

Sizlar uchun "Abdufattokhov Trainings" jamoasidan ajoyib yangilik!

Siz xotirangizdan nolib charchadingizmi?

Diqqat e'tiboringiz bo'linib vazifalaringizni oxiriga yetkaza olmayapsizmi?

Unda bu Trening aynan Siz uchun!

Sizni "Xotiradan maksimal foydalanish" nomli 1 kunlik Bepul Treningga taklif etamiz!

Sana: 4-Fevral
Soat: 14:00
Manzil: "Bright Spark" o'quv markazi, Samarqand shahri, Buyuk Ipak Yo'li 112 uy
Mo'ljal: Agro-Bravo savdo do'koni

Treningdan ro'yxatdan o'tish uchun @Adirbaev manziliga murojaat qiling!

Reklama
1.2K views11:00
Ochish/sharhlash
2021-02-01 10:22:40Koronavirusning “britancha” shtammining alomatlarini bilasizmi?

Buyuk Britaniyaning Milliy statistika xizmati koronavirusning “britancha” deb ataluvchi yangi shtammiga yoʻtal, kuchli charchoq, tomoq va mushaklardagi ogʻriq kabi belgilar xos ekanligini, ammo hid va taʼm sezmaslik alomati esa avvalgi shtammdagiga qaraganda kamroq uchrayotganini aniqladi.

Idoraning xulosalari Angliyada tasodifiy tanlab olingan va “COVID-19” tashxisi qoʻyilgan 6 ming kishining maʼlumotlarini qayta ishlash natijasida chiqarildi.

Hid va taʼm sezmaslik kabi alomatlar yangi shtamm bilan kasallanganlarda kamroq uchramoqda. Ammo ular hali ham kasallikning uchta asosiy alomatlari (yuqori isitma, yaqinda paydo boʻlgan doimiy yoʻtal va taʼm sezuvchanligini oʻzgarishi) orasida.

Kasallanganlarning aksariyatida ushbu uchta alomatdan kamida bittasi namoyon boʻlmoqda.

Statistika idorasi xodimlari yangi “COVID-19” shtammiga ijobiy test olishdan oldin bir hafta davomida bemorlar boshdan kechirgan alomatlarni tahlil qildilar. Ular “asl” (avvalgi) shtammni yuqtirganlarning alomatlari bilan taqqoslandi.

Bunda 2020-yil noyabr oyining oʻrtalaridan 2021-yil yanvar oyining oʻrtalariga qadar kasal boʻlgan odamlarning natijalari hisobga olindi. Maʼlumotlar shuni koʻrsatdiki, yangi shtamm birinchi holatda boʻlgani kabi uchta emas, ikkita gen bilan mos keladi.

3,5 ming kishidan iborat yangi shtammni yuqtirganlar guruhidan:
• 35 foizi yoʻtal;
• 32 foizi charchoq;
• 25 foizi mushak va tana ogʻrigʻi;
• 21,8 foizi esa tomoq ogʻrigʻidan shikoyat qilgan.

Oldingi shtamm bilan kasallangan 2,5 ming kishilik guruhdan:
• 28 foizi yoʻtal;
• 29 foizi charchoq;
• 21 foizi mushak va tana ;
• 19 foizi esa tomoq ogʻriganini aytgan.

Maʼlum boʻlishicha, yangi shtammni yuqtirganlarning 16 foizi taʼm sezuvchanligini, 15 foizi hid sezish qobiliyatini yoʻqotgan. Bu eski shtamm bilan kasallangan odamlardagiga qaraganda kamroq (ikkala holatda ham 18 foiz).

Bosh ogʻrigʻi, nafas olish qiyinlishuvi yoki diareya va qayt qilish holatlari boʻyicha maʼlumotlar ikki shtammda ham bir xil boʻlgan.

Olimlarning fikriga koʻra, virus tarkibidagi baʼzi bir oʻzgarishlar organizmning immun reaksiyasiga taʼsir qilishi va infeksiyani keltirib chiqaradigan alomatlarga ham taʼsir qilishi mumkin. Yangi shtammni yuqtirganlarning organizmida virus intensiv ravishda koʻpayib ketish ehtimoli yuqoriroq. Bu esa infeksiyaning butun tanaga kengroq tarqalishiga hamda kuchli yoʻtal, mushaklarda ogʻriq va charchoq paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin.

Zarnews_uz dan olindi


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz
1.3K views07:22
Ochish/sharhlash
2021-02-01 10:11:26
Bugundan ish haqlari, nafaqalar, stipendiyalar va jarima miqdorlari 10% ga oshdi

Prezident qaroriga (PQ-4938-son, 30.12.2020-y.) muvofiq, 2021-yil 1-fevraldan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, nafaqa va stipendiya miqdori 10 foizga oshirilishi belgilandi.

Demak, bugundan boshlab mamlakatimizda:

mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori - 747,3 ming soʻm miqdorida (hozir 679,3 ming soʻm);

bazaviy hisoblash miqdori - 245 ming soʻm miqdorida (hozir 223 ming soʻm) belgilandi.

oʻz-oʻzidan bazaviy hisoblash miqdoriga bogʻlangan jarimalar ham 10%ga oshadi.

stipendiyalar oshsa ham, lekin kontraktlar miqdori oʻzgarmaydi, bu haqda mana bu yerda batafsil tushuntirilgan.

bugundan boshlab oʻzgaradigan nafaqalar miqdori yuqoridagi jadvalda koʻrsatilgan.


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz
1.5K views07:11
Ochish/sharhlash