Get Mystery Box with random crypto!

​ Koronavirusning “britancha” shtammining alomatlarini bilasiz | SaM

Koronavirusning “britancha” shtammining alomatlarini bilasizmi?

Buyuk Britaniyaning Milliy statistika xizmati koronavirusning “britancha” deb ataluvchi yangi shtammiga yoʻtal, kuchli charchoq, tomoq va mushaklardagi ogʻriq kabi belgilar xos ekanligini, ammo hid va taʼm sezmaslik alomati esa avvalgi shtammdagiga qaraganda kamroq uchrayotganini aniqladi.

Idoraning xulosalari Angliyada tasodifiy tanlab olingan va “COVID-19” tashxisi qoʻyilgan 6 ming kishining maʼlumotlarini qayta ishlash natijasida chiqarildi.

Hid va taʼm sezmaslik kabi alomatlar yangi shtamm bilan kasallanganlarda kamroq uchramoqda. Ammo ular hali ham kasallikning uchta asosiy alomatlari (yuqori isitma, yaqinda paydo boʻlgan doimiy yoʻtal va taʼm sezuvchanligini oʻzgarishi) orasida.

Kasallanganlarning aksariyatida ushbu uchta alomatdan kamida bittasi namoyon boʻlmoqda.

Statistika idorasi xodimlari yangi “COVID-19” shtammiga ijobiy test olishdan oldin bir hafta davomida bemorlar boshdan kechirgan alomatlarni tahlil qildilar. Ular “asl” (avvalgi) shtammni yuqtirganlarning alomatlari bilan taqqoslandi.

Bunda 2020-yil noyabr oyining oʻrtalaridan 2021-yil yanvar oyining oʻrtalariga qadar kasal boʻlgan odamlarning natijalari hisobga olindi. Maʼlumotlar shuni koʻrsatdiki, yangi shtamm birinchi holatda boʻlgani kabi uchta emas, ikkita gen bilan mos keladi.

3,5 ming kishidan iborat yangi shtammni yuqtirganlar guruhidan:
• 35 foizi yoʻtal;
• 32 foizi charchoq;
• 25 foizi mushak va tana ogʻrigʻi;
• 21,8 foizi esa tomoq ogʻrigʻidan shikoyat qilgan.

Oldingi shtamm bilan kasallangan 2,5 ming kishilik guruhdan:
• 28 foizi yoʻtal;
• 29 foizi charchoq;
• 21 foizi mushak va tana ;
• 19 foizi esa tomoq ogʻriganini aytgan.

Maʼlum boʻlishicha, yangi shtammni yuqtirganlarning 16 foizi taʼm sezuvchanligini, 15 foizi hid sezish qobiliyatini yoʻqotgan. Bu eski shtamm bilan kasallangan odamlardagiga qaraganda kamroq (ikkala holatda ham 18 foiz).

Bosh ogʻrigʻi, nafas olish qiyinlishuvi yoki diareya va qayt qilish holatlari boʻyicha maʼlumotlar ikki shtammda ham bir xil boʻlgan.

Olimlarning fikriga koʻra, virus tarkibidagi baʼzi bir oʻzgarishlar organizmning immun reaksiyasiga taʼsir qilishi va infeksiyani keltirib chiqaradigan alomatlarga ham taʼsir qilishi mumkin. Yangi shtammni yuqtirganlarning organizmida virus intensiv ravishda koʻpayib ketish ehtimoli yuqoriroq. Bu esa infeksiyaning butun tanaga kengroq tarqalishiga hamda kuchli yoʻtal, mushaklarda ogʻriq va charchoq paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin.

Zarnews_uz dan olindi


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz