Get Mystery Box with random crypto!

SaM

Telegram kanalining logotibi samdaqi_uz — SaM S
Telegram kanalining logotibi samdaqi_uz — SaM
Kanal manzili: @samdaqi_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 7
Kanalning ta’rifi

© SamDAQI Axborot xizmati
Murojaat uchun: @samdaqicontactbot
SamDAQI matbuot kotibi: @JavlonRashidovich

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-27 21:06:46 ​​#Qabul2022 #Natija
Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2022-2023-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2022” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1.9K views18:06
Ochish/sharhlash
2022-08-27 10:20:30

2.4K views07:20
Ochish/sharhlash
2022-08-26 15:06:09
DIYOR YANGILIKLARI | "INNO WEEK - 2022"


#samarqandmtrk

25.08.2022-YIL

https://t.me/SamTvr
2.6K views12:06
Ochish/sharhlash
2022-08-26 13:33:28
#live #suhbat

Shuningdek bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga xorijiy fuqarolarni suhbat asosida talabalikka qabul qilish jarayonlari ham bo‘lib o‘tmoqda.


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz
2.6K views10:33
Ochish/sharhlash
2022-08-26 13:24:41
SUHBAT JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA!
#live #IkkinchiMutaxassislik

Xabar berganimizdek Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida bugun:

- “Arxitektura”;
- “Geodeziya, kartografiya va kadastr”;
- “Yo‘l muhandisligi”;
- “Muhandislik kommunikatsiyalar qurilishi va montaji”
- “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyihalash va ekspluatatsiyasi”;

yo‘nalishlarga sirtqi va kunduzgi ta’lim uchun ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim bo‘yicha suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Kuni kecha “Profesional ta'lim” hamda “Bino va inshootlar qurilishi” yo‘nalishlari uchun suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun: ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim bo‘yicha Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga umumiy 70 ga yaqin talabgor ariza topshirgan. Suhbat natijalari bo‘yicha institut rasmiy sahifalarida axborot beriladi.


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz
2.3K views10:24
Ochish/sharhlash
2022-08-26 12:43:30
Administratsiyada oʻzgarishlar davom etadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Odil Kalandarovich Abduraxmanov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. U bungacha Toshkent davlat transport universiteti rektori lavozimini egallab kelayotgan edi.

Bungacha ushbu lavozimda Oʻzbekiston prezidentining taʼlim va sogʻliqni saqlashga masʼul 65 yoshli maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov ishlab kelayotgan edi.

Kun.uz manbasining maʼlum qilishicha, Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov oʻtkazgan yigʻilishda aholining juda koʻp eʼtirozlari aynan Abduvohidov masʼul boʻlgan sohalarga toʻgʻri kelishi taʼkidlangan.


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz
2.1K views09:43
Ochish/sharhlash
2022-08-26 09:30:37 #Akademik_litsey
#Sharh

Akademik litseylarga kirish test natijalarini tanlov ustuvorligi bo‘yicha aniqlash tartibi

Abituriyentning to‘plagan bali ustuvorlik asosida:

u tanlagan birinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

Bunda abituriyentga tanlagan ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

u tanlagan birinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan ikkinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu ikkinchi akademik litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

u tanlagan birinchi va ikkinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan uchinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari faqat uchinchi litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi;

u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, uning kirish test sinovi natijalari birinchi tanlagan litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
2.0K views06:30
Ochish/sharhlash
2022-08-26 09:30:29
#Akademik_litsey

Akademik litseylarga kirish test natijalari e'lon qilinmoqda

2022/2023-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.

Yakuniy natijalarni vazirlikning litsey.edu.uz rasmiy veb-sayti orqali bilishingiz mumkin.

Abituriyent to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.

Ustuvorlik bo‘yicha sharh

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
2.0K views06:30
Ochish/sharhlash
2021-02-14 10:10:44
Dunyoda yuqori reytingda turuvchi IT Grafik dasturlarini oʻrganishni xohlaysizmi!!!
Endi buni imkoni bor.

O'zbekistonda oʻzini brendiga ega boʻlgan" LiderVideo.uz" jamoasi sizlarga INNOVATSION IT KOMPYUTER kurslarini uydan chiqmasdan turib PROFESSIONAL darajada oʻrganishni taklif qiladi
!

Auto Cad
3D Max
Revit (Architekture)
Photoshop
Lumion
Ms Excel ● Ms Word

Kurslar Haqida To'liq Ma'lumot Olish Uchun Hoziroq biz bilan bogʻlaning:

Batafsil ko'rib chiqish

Tel: +998997647017

Aloqa: @Faxriddin_school

Bot: @Lidervideo_officialbot

Telegram kanalimiz

Reklama
847 views07:10
Ochish/sharhlash
2021-02-14 06:22:38
Bugun – Zahiriddin Muhammad BOBUR tavallud topgan kun (1483-1530)

Yaxshiligʻ
Kim koʻrubdur, ey koʻngul, ahli jahondin yaxshiligʻ?
Kimki, ondin yaxshi yoʻq, koʻz tutma ondin yaxshiligʻ!

Gar zamonni nafy qilsam, ayb qilma, ey rafiq,
Koʻrmadim hargiz, netayin, bu zamondin yaxshiligʻ!

Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun koʻngluma,
Kelmadi jonimgʻa hech oromi jondin yaxshiligʻ.

Ey koʻngul, chun yaxshidin koʻrdung yamonliq asru koʻp,
Emdi koʻz tutmaq ne, yaʼni har yamondin yaxshiligʻ?

Bori elga yaxshiligʻ qilgʻilki, mundin yaxshi yoʻq —
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshiligʻ!

Yaxshiligʻ ahli jahonda istama Bobur kibi,
Kim koʻrubdur, ey koʻngul, ahli jahondin yaxshiligʻ?!


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz
1.2K viewsedited  03:22
Ochish/sharhlash