Get Mystery Box with random crypto!

Samarqand yoshlari

Telegram kanalining logotibi samarqandyoshlari_uz — Samarqand yoshlari S
Telegram kanalining logotibi samarqandyoshlari_uz — Samarqand yoshlari
Kanal manzili: @samarqandyoshlari_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.41K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal "Samarqand yoshlari" gazetasining rasmiy sahifasi bo'lib, unda jamiyatimizda yuz berayotgan voqea-hodisalar, xususan yoshlar masalalariga oid barcha ma'lumot va yangiliklar berib boriladi.
Murojaat uchun
👉 @Vahobjon_Avazov

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-07-08 07:34:36
#Mutaxassis_javob_beradi

"IMTIHONLAR JAVOBI QACHON CHIQADI?"

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va yangi tashkil etilgan maktablarga kirish imtihonlari javobi qachon e'lon qilinadi?

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
@samarqandyoshlari_uz
91 views04:34
Ochish/sharhlash
2022-07-08 06:21:26
Айни пайтда вилоят ҳокимлигида халқ депутатлари Самарқанд вилояти Кенгашининг олтмиш еттинчи сессияси ўтказилмоқда

Сессия иши жонли эфирда вилоят телевидениеси ҳамда вилоят ҳокимлигининг ижтимоий тармоқлардаги қуйидаги саҳифасида узатилмоқда:

https://fb.watch/e7m58FibC4/
85 views03:21
Ochish/sharhlash
2022-07-08 05:12:01 #Qabul2022

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar(Pasport yoki ID kartasi yo’qlar) OTM qabul komissiyalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar istalgan oliy ta’lim muassasasida tashkil etilgan qabul komissiyasida ro‘yxatdan o‘tishi belgilandi.

Bunda fuqaroligi bo‘lmagan abituriyentlarning hujjatlari qabul komissiyalari tomonidan sinchiklab o‘rganiladi.

Boshqa toifadagi abituriyentlar esa oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalarida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Ular my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
@samarqandyoshlari_uz
1.1K views02:12
Ochish/sharhlash
2022-07-08 04:59:02 #foydali_tavsiyalar

Kitob o‘qish foydali ekanligini bilamiz, ammo uning aynan qanday foydali jihatlari borligi haqida quyida bilib olasiz:

Mutolaa asabni tinchlantiradi.

Asabingizni tinchlantirish uchun sayr qilish yoki musiqa tinglashni afzal koʻrasizmi? Sasseks universiteti olimlari esa buning oʻrniga kitob oʻqishni tavsiya qilishadi. Kitob oʻqish asabni tinchlantirishda eng samarali usul ekan. Atigi olti daqiqa kitob oʻqish asabiylashishga barham beradi.

Mutolaa uyqusizlikdan qutulishga yordam beradi.

Xotirjam boʻlish va uxlashga yordam beradigan eng yaxshi usul kitob oʻqishdir. Televizor yoki telefondan tarqalayotgan yorqin nur miyaga uygʻonish kerakligi haqida signal yuboradi. Kitob oʻqish esa aksincha taʼsir koʻrsatadi – miya uxlash vaqti boʻlganligini tushunadi.

Mutolaa qalbni yumshatadi.

Kitob oʻqish jarayonida oʻquvchi qahramonlar bilan birga boʻladi. Ularning quvonch va tashvishlariga sherik boʻladi. Tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, badiiy asar oʻqigan odam hayotda ham boshqalarning his-tuygʻularini yaxshi tushunar ekan.

Mutolaa miya faoliyatini yaxshilaydi.

Emori universiteti olimlari kitob oʻqigan insonning aqliy salohiyati bir necha kun davomida yuqori holatda boʻlishini isbotlashdi. Tadqiqot mualliflari kitob oʻqish miyadagi asab tolalari sonini oshirishini taʼkidlashmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
@samarqandyoshlari_uz
93 views01:59
Ochish/sharhlash
2022-07-08 03:05:07
Xayrli tong aziz yurtdoshlar!
___

Хайрли тонг азиз юртдошлар!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
@samarqandyoshlari_uz
85 views00:05
Ochish/sharhlash
2022-07-07 22:00:13
O‘zbekiston Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun kurashadi

Joriy yilning 28-iyul – 8 avgust kunlari Hindistonning Chennay shahrida 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, shaxmat bellashuvlaridan tashqari 2026-yilda tashkil etiladigan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun tender tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

Bugun poytaxtimizda joriy yilgi olimpiada doirasidagi musobaqalar, shuningdek, 2026-yilgi Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun o‘tkaziladigan tenderda munosib ishtirok etish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
@samarqandyoshlari_uz
93 views19:00
Ochish/sharhlash
2022-07-07 18:25:08
Президент кимё саноатида эришилган асосий кўрсаткичлар ва режалаштирилган лойиҳалар тақдимоти билан танишди.
Давлатимиз раҳбари тармоқ корхоналари самарадорлигини ошириш ва уларни трансформация қилиш бўйича тизимли ишлаш кераклигини таъкидлади. Энергияни тежаш ва маҳаллийлаштириш орқали таннархни 6 фоизгача камайтириш мумкинлиги кўрсатиб ўтилди.
"Ўзкимёсаноат" акциядорлик жамиятига қарашли корхоналарни хусусийлаштиришни жадаллаштириш бўйича топшириқлар берилди.

Президент ознакомился с презентацией об основных показателях и запланированных проектах в химической промышленности.
Глава государства отметил необходимость системной работы по повышению эффективности и трансформации предприятий отрасли. Указано на возможность снижения себестоимости до 6 процентов за счет энергосбережения и локализации.
Даны поручения по ускорению приватизации предприятий акционерного общества "Узкимёсаноат".

#Mirziyoyev #taqdimot #iqtisodiyot #kimyosanoati

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
91 views15:25
Ochish/sharhlash
2022-07-07 16:07:07 #Xabar

Buxorodagi 7 ta tarixiy obida Islom olami madaniy merosi ro‘yxatiga olinib, sertifikatlar topshirildi

Buxoro viloyatida joylashgan 7 ta madaniy meros obyektlari Islom olami madaniy merosi ro‘yxatiga olindi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 3—6-iyul kunlari Marokko qirolligida Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkilotining (ICESCO) 10-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Buxoroda joylashgan 7 ta madaniy meros obyektlari Islom olami madaniy merosi ro‘yxatiga olinib, sertifikatlar topshirildi.

“Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Bakr, Bahouddin Naqshband majmualari, Mag‘oki Attor masjidi, Poyi kalon ansambli, qadimgi Poykent shahri qoldiqlari va Toshsaroy madrasasiga tegishli sertifikatlar ICESCO bosh direktori Salim Al Malik tomonidan topshirildi. Yurtimiz tarixiga oid obidalarning ICESCO ro‘yxatiga olinishi boy madaniy merosimizni butun dunyoga targ‘ib etishda, xususan, Islom olamida madaniyatimiz yanada tanilishida katta ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston hududi tarixan Islom rivojiga katta hissa qo‘shgan o‘lka hisoblanadi”, — deyiladi manba xabarida.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Youtube | Facebook
87 views13:07
Ochish/sharhlash