Get Mystery Box with random crypto!

#foydali_tavsiyalar Kitob o‘qish foydali ekanligini bilami | Samarqand yoshlari

#foydali_tavsiyalar

Kitob o‘qish foydali ekanligini bilamiz, ammo uning aynan qanday foydali jihatlari borligi haqida quyida bilib olasiz:

Mutolaa asabni tinchlantiradi.

Asabingizni tinchlantirish uchun sayr qilish yoki musiqa tinglashni afzal koʻrasizmi? Sasseks universiteti olimlari esa buning oʻrniga kitob oʻqishni tavsiya qilishadi. Kitob oʻqish asabni tinchlantirishda eng samarali usul ekan. Atigi olti daqiqa kitob oʻqish asabiylashishga barham beradi.

Mutolaa uyqusizlikdan qutulishga yordam beradi.

Xotirjam boʻlish va uxlashga yordam beradigan eng yaxshi usul kitob oʻqishdir. Televizor yoki telefondan tarqalayotgan yorqin nur miyaga uygʻonish kerakligi haqida signal yuboradi. Kitob oʻqish esa aksincha taʼsir koʻrsatadi – miya uxlash vaqti boʻlganligini tushunadi.

Mutolaa qalbni yumshatadi.

Kitob oʻqish jarayonida oʻquvchi qahramonlar bilan birga boʻladi. Ularning quvonch va tashvishlariga sherik boʻladi. Tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, badiiy asar oʻqigan odam hayotda ham boshqalarning his-tuygʻularini yaxshi tushunar ekan.

Mutolaa miya faoliyatini yaxshilaydi.

Emori universiteti olimlari kitob oʻqigan insonning aqliy salohiyati bir necha kun davomida yuqori holatda boʻlishini isbotlashdi. Tadqiqot mualliflari kitob oʻqish miyadagi asab tolalari sonini oshirishini taʼkidlashmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
@samarqandyoshlari_uz