Get Mystery Box with random crypto!

#Xabar Buxorodagi 7 ta tarixiy obida Islom olami madaniy mero | Samarqand yoshlari

#Xabar

Buxorodagi 7 ta tarixiy obida Islom olami madaniy merosi ro‘yxatiga olinib, sertifikatlar topshirildi

Buxoro viloyatida joylashgan 7 ta madaniy meros obyektlari Islom olami madaniy merosi ro‘yxatiga olindi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 3—6-iyul kunlari Marokko qirolligida Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkilotining (ICESCO) 10-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Buxoroda joylashgan 7 ta madaniy meros obyektlari Islom olami madaniy merosi ro‘yxatiga olinib, sertifikatlar topshirildi.

“Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Bakr, Bahouddin Naqshband majmualari, Mag‘oki Attor masjidi, Poyi kalon ansambli, qadimgi Poykent shahri qoldiqlari va Toshsaroy madrasasiga tegishli sertifikatlar ICESCO bosh direktori Salim Al Malik tomonidan topshirildi. Yurtimiz tarixiga oid obidalarning ICESCO ro‘yxatiga olinishi boy madaniy merosimizni butun dunyoga targ‘ib etishda, xususan, Islom olamida madaniyatimiz yanada tanilishida katta ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston hududi tarixan Islom rivojiga katta hissa qo‘shgan o‘lka hisoblanadi”, — deyiladi manba xabarida.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Youtube | Facebook