Get Mystery Box with random crypto!

​​Flydubai aviakompaniyasi Dubaydan Samarqandga birinchi munta | Samarkand Int’l Airport 🇺🇿

​​Flydubai aviakompaniyasi Dubaydan Samarqandga birinchi muntazam reysni amalga oshirdi

Samolyot 21-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan 02:36 da Samarqand xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Dubay — Samarqand — Dubay yoʻnalishi boʻyicha ilk parvozini amalga oshirgan samolyot anʼanaviy tarzda suv arkasi bilan kutib olindi.

"Flydubai"ning Boeing 737 samolyotida amalga oshirilgan birinchi reysi 44 kishini olib keldi. Samarqand aeroportida aviakompaniya bosh direktori, ekipaj va yo‘lovchilar gullar va esdalik sovg‘alari bilan kutib olindi.

Dubay — Samarqand — Dubay yoʻnalishi boʻyicha reyslar haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Flydubai—- Birlashgan Arab Amirliklarining davlatga qarashli loukoster aviakompaniyasi bo'lib, shtab-kvartirasi Dubay xalqaro aeroportida (DXB) joylashgan. Aviakompaniya yo'lovchilar soni bo'yicha Dubay aeroportidan parvozlarni amalga oshiruvchi ikkinchi yirik aviatashuvchi xisoblanadi.

@samarqand_xalqaro_aeroporti