Get Mystery Box with random crypto!

​​'IrAero' aviakompaniyasi Samarqanddan Qozonga parvozlarni bo | Samarkand Int’l Airport 🇺🇿

​​"IrAero" aviakompaniyasi Samarqanddan Qozonga parvozlarni boshladi

Rossiyaning “IrAero” aviakompaniyasi “Samarqand” xalqaro aeroportidan Tatariston poytaxti — Qozon shahriga yangi yo‘nalish ochdi.

20-sentabrdan boshlab Samarqandga va ortga reyslar haftada bir marta seshanba kunlari amalga oshiriladi. Oktyabr oyi oxirigacha 2022 yil bahor-yoz mavsumi doirasida samolyotlar Samarqanddan Qozonga mahalliy vaqt bilan soat 18:30da parvoz qiladi.

Yo'lovchilarni tashish Sukhoi Superjet 100 samolyotlarida amalga oshiriladi.Bir yo'nalishdagi parvoz vaqti 3 soat 40 minut.

@samarqand_xalqaro_aeroporti