Get Mystery Box with random crypto!

​​'Yamal' aviakompaniyasi Samarqand va Moskvani to'g'ridan-to' | Samarkand Int’l Airport 🇺🇿

​​"Yamal" aviakompaniyasi Samarqand va Moskvani to'g'ridan-to'g'ri reyslar bilan bog'laydi

20-sentabr kuni Samarqand xalqaro aeroporti Rossiyaning “Yamal” aviatashuvchisining birinchi yo‘lovchi reysini qabul qildi.

Moskvadan (Domodedovo) Airbus A321 samolyoti Samarqand aeroportiga kelib qo‘ndi va u tantanali ravishda suv arkasi bilan kutib olindi.

"Yamal" aviakompaniyasining Moskva – Samarqand – Moskva yoʻnalishi boʻyicha charter reyslari haftada bir marta seshanba kunlari amalga oshiriladi. Samarqanddan uchish esa mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da amalga oshiriladi.

"Yamal" aviakompaniyasi o'z faoliyatini 1997 yilda boshlagan bo'lib, bugungi kunda u Rossiyaning G'arbiy Sibir mintaqasidagi eng yirik aviatashuvchilardan biri hisoblanadi.

@samarqand_xalqaro_aeroporti