Get Mystery Box with random crypto!

Ayt-chi bizlar nima qilyapmiz, Tong sahardan xuftonga qadar. Y | Mamadaliyev Samandarbek she'rlari

Ayt-chi bizlar nima qilyapmiz,
Tong sahardan xuftonga qadar.
Yoʻllar uzra umr oʻtyapti,
Umr oʻtar safarma-safar.

Yonmoq yoqar muzlagan jonga,
Zabonlarim bahs etar soʻzdan.
Yurak ranjir tuygʻularidan,
Aql tinmay arz etar oʻzdan.

Men befarqman... Har doimgiday,
Urush, janjal ruhiyatimda...
Sarson kezar yoʻl topolmasdan
Yurak qurgʻur tinmay ichimda.