Get Mystery Box with random crypto!

Ayrilish Intiq kutdim yoʻllaringizni, Har soniya jabrdir jong | Mamadaliyev Samandarbek she'rlari

Ayrilish

Intiq kutdim yoʻllaringizni,
Har soniya jabrdir jonga.
Hoʻrsindingiz, qayrildingiz, soʻng,
Siz ketdingiz oʻzga tomonga.

Yillar aro intiq kutdim men,
Tokay shu kun kelarmi, deya.
Unga zor-u, intiqlanganim,
Bir kun kelib bilarmi deya.

Oʻtib ketdi oradan yillar,
Oʻtdi bari, hijronlari ham.
Oʻtib ketdi, oʻzga manzillar,
Oʻtdi oʻzga tomonlari ham.

Siz bilan men toʻqnash keldik soʻng,
Hayajonlar inmadi jonga.
Siz qoldingiz menga termulib,
Men-chi, ketdim oʻzga tomonga...

26.03.2023