Get Mystery Box with random crypto!

​​ #Latvia Latviyada ishlash huquqini beruvchi D ishchi viz | Salomatlik maslaxatlar

​​ #Latvia

Latviyada ishlash huquqini beruvchi D ishchi vizasi nima?

D – uzoq muddatli viza bo’lib, rasman Latviya milliy vizasi deb ham nomlanadi.

D viza bir martalik, ikki martalik yoki ko’p martalik bo’ladi va eng uzog'i bilan 1 yilgacha bo’lgan muddatga beriladi.

D viza Latviyada uzoq muddatli ishlash va yashash huquqini beradi. Odatda ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi bir yilga tuzialdi va shu davr uchun maxsus ishga ruhsatnoma olinadi.

Uzoq muddatli ishlash uchun ruhsatnoma egalari Shengen shartnomasi mamlakatlariga bemalol kirish va chiqish imkoniyatiga ega. Faqat, Latviya D ishchi vizasi asosida siz boshqa Shengen mamlakatlarida 6 oy davomida 90 kungacha (sayohat va qisqa muddat yashash uchun) qolishingiz mumkin. Ishlash uchun esa, o’sha davlatning ishga ruhsatnomasini olish va tegishli tartibda rasmiylashtirish lozim bo’ladi.

O’zbekiston fuqarolariga Latviyaga borib ishlashi uchun odatda 180 kunlik D ishchi vizasi beriladi va ishga taklif qilayotgan ish beruvchi ushbu viza asosida ishchiga vaqtinchalik yashash va ishlash huquqini beruvchi karta oladi, bu halq tilida ID karta deyiladi. ID karta muddati kamida 1 yillik bo’ladi.

Latviyada muntazam 5 yil ishlab va yashab kelgan talabgorlarga, doimiy yashash uchun ID karta beriladi (odatda birinchi marta 5 yillik ID karta, keyinchalik esa muddatsiz ID karta beriladi).

Latviyaga D ishchi vizasini olmoqchimisiz? Unda Smart Viza Markaziga murojaat qiling.

Batafsil ma’lumot olish uchun:

+998 91 1055355 | Viza Center
+998 99 0440037 | Viza Center
+998 99 0770037 | Vodiy Viza Center

@smartviza