Get Mystery Box with random crypto!

Masalan, hayotda tushungan narsalarimdan biri shuki, qizlar yi | The Stranger

Masalan, hayotda tushungan narsalarimdan biri shuki, qizlar yigitlardan jasurroq, tavakkalchiroq, qat'iyatliroq. Albatta, buning biologik va psixologik asoslarini titsa, bu harakat ayollarning nuqsoni sifatida ham baholanishi mumkin. Erkak kishi har bir qadamni qoʻyar ekan uning turfa oqibatlarini batafsil tasavvur qiladi, ayol kishi esa oʻylab oʻtirmay qadamni qoʻyadi. Ayniqsa, muhabbat borasida. Agar ayollarning fantaziyasi va talablari boʻlmasa ilk erkaklar butun umr gʻorda yashab oʻtib ketgan boʻlishardi nazarimda.