Get Mystery Box with random crypto!

Hasan (rahmatullohi alayh) aytganlarki: «Riyokor o‘zi haqidagi | Iqro!

Hasan (rahmatullohi alayh) aytganlarki: «Riyokor o‘zi haqidagi Allohning taqdiridan g‘olib bo‘lishni xohlaydi. U o‘zini «solih» deb atashlarini istaydi. Uni qanday qilib solih desinlar, holbuki, u Parvardigori tomonidan tuban o‘ringa tushib qolgan bo‘lsa. Mo‘minlarning qalblari uni tanib, ajratib olishlari shart».


Qatoda roziyallohu anhu shunday deydilar: «Agar banda riyo qilsa, Alloh: «Bandam Meni qanday masxara qilayotganini qaranglar», deydi.

Rivoyat qilinishicha, Umar roziyallohu anhu bo‘ynini egib olgan kishini ko‘rdilar va unga: «Ey bo‘yin egasi, bo‘yningni ko‘tar. Xushu’ bo‘yinlarda emas, qalblarda bo‘ladi», dedilar.

Abu Umoma Bohiliy roziyallohu anhu masjidda sajda qilgan holida yig‘lab duo qilayotgan kishining oldiga keldi-da: «Sen yaxshisan (ya’ni, bu ishing yaxshi), faqat bu ishni uyingda qilganingda edi», dedilar.

Muhammad ibn Muborak Suvariy aytadilar: «Xushxulqingni tunda izhor qil, bu ish kunduzi izhor qilganingdan yaxshiroqdir. Chunki kunduzgi xushxulqliliging maxluqlar uchun, kechqurungi intilish olamlar Parvardigori uchundir».

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu riyokorning uchta alomati bo‘lishini bayon qilganlar: «Yolg‘iz o‘zi bo‘lsa, dangasalik qiladi, odamlar davrasida serg‘ayrat bo‘ladi, odamlar maqtagan ishni ko‘paytirib, qoralagan ishni kamaytiradi».

Fuzayl ibn Iyoz aytganlar: «Odamlar sababli bir ishni tark etish – riyo, odamlar sababli bir ishni qilish – shirkdir. Alloh seni shu ikkisidan omon saqlashi esa ixlosdir».

Alloh taolodan bizni amallarimiz, so‘zlarimiz va barcha holatlarimizda ixlosli etmog‘ini so‘raymiz.

#Gunohi_kabira 2

@Sababiyot