Get Mystery Box with random crypto!

Adiy ibn Xotim roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir toif | Iqro!

Adiy ibn Xotim roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir toifa odamlarni do‘zaxdan jannatga olib borish buyuriladi. Ular jannatga yaqinlashib, uning bo‘ylarini hidlab, undagi qasrlar va Alloh jannat ahli uchun hozirlab qo‘ygan narsalarni ko‘rishgach, «Ularni jannatdan burib yuboringlar, u yerda ularga nasiba yo‘q», deb nido qilinadi. Shunda ular: «Parvardigoro, bizga jannatingni va u yerda do‘stlaring uchun hozirlab qo‘ygan narsalaringni (noz-ne’matlaringni) ko‘rsatmasdan turib do‘zaxga kiritganingda, bizga osonroq bo‘lardi», deyishadi. «Men sizlarga shuni iroda qildim, – deydi. – Chunki sizlar yolg‘iz qolganingizda, ulkan gunohlar bilan Menga qarshi chiqdingiz va odamlarga yo‘liqsangiz, ularga itoatkor – taqvodor bo‘lib ko‘rindingiz. Insonlarga qalbingizdan Men uchun bergan narsalaringizning teskarisini ko‘rsatdingiz. Odamlardan qo‘rqdingiz, Mendan qo‘rqmadingiz. Odamlarni ulug‘ladingiz, Meni ulug‘lamadingiz. Odamlarni deb (biron gunoh ishni) tark etdingiz, Men uchun tark etmadingiz. Mana bugun sizlarni savobdan mahrum etganimdek, alamli azobga giriftor qilaman».

Ba’zi hukamolardan: «Muxlis (ixlosli odam, riyokorning ziddi) kim?» deb so‘ralganida: «Muxlis – yomonliklarni yashirgani singari, yaxshiliklarini ham yashirgan kishi», deya javob berishgan.

Ayrim zotlardan: «Ixlosning g‘oyasi-mag‘zi nima?» deb so‘rashganida, «Odamlar maqtashini yomon ko‘rishing», deya javob berishgan.
Alloh taoloning:
«... (Chunki u Kunda) ularga Alloh tomonidan ular o‘ylab ham ko‘rmagan narsalar – azoblar ko‘rindi» (Zumar surasi, 47), oyati haqida shunday deyilgan: «Ular dunyoda ayrim amallarni qilib, ularni yaxshi ish, deb o‘ylab yurishardi. Qiyomat kunida esa, bu amallarning yomon ekani ma’lum bo‘lib qoldi». Ayrim salafi solihlar bu oyatni o‘qigan vaqtlarida: «Riyokorlarga vayl bo‘lsin», der edilar.

Riyokorlar qiyomat kunida to‘rtta nom bilan chaqiriladi: «Ey riyokor, xiyonatkor, ey fojir, ey ziyonkor, bor, kim uchun amal qilgan bo‘lsang, o‘shandan ajr-mukofotingni olaver. Bizning huzurimizda sen uchun ajr yo‘q».

@Sababiyot