Get Mystery Box with random crypto!

Uchinchi gunohi kabira KIBR, MANMANLIK, G'URUR Alloh taolo ay | Iqro!

Uchinchi gunohi kabira
KIBR, MANMANLIK, G'URUR

Alloh taolo aytadi:

«Men yerda nohaq kibru havo qilib yuradigan, agar barcha oyat- mo‘’jizalarni ko‘rsalar ham, ularga iymon keltirmaydigan, To‘g‘ri yo‘lni ko‘rsalar uni (o‘zlari uchun) yo‘l qilib olmaydigan, agar zalolat – noto‘g‘ri yo‘lni ko‘rsalar, uni yo‘l qilib oladigan kimsalarni O‘z oyat-mo‘’jizalarimdan burib yuborurman (ya’ni, anglab yetmaydigan qilib qo‘yurman)» (A’rof surasi, 146).

Ya’ni, takabbur kimsalarni oyatlarimni fahmlash, u haqda fikr yuritib, tadabbur qilishdan mahrum qilaman va kibru havo qilganlariga jazo sifatida qalblarini muhrlab qo‘yaman.

«Muso aytdi: «Albatta men, Parvardigorim va Parvardigoringiz (bo‘lmish Alloh)dan hisob-kitob Kuniga iymon keltirmaydigan barcha mutakabbir (kimsalarning yomonligi)dan panoh so‘raganman» (Fofir surasi, 27).

«Albatta, U Zot mutakabbir kimsalarni sevmas» (Nahl surasi, 23).
Ya’ni, haqqa quloq solib, unga bo‘ysunishdan kibr qilgan kimsalarni sevmaydi.

«Odamlardan (mutakabbirlik bilan) yuzingni o‘girma va yerda kibru havo bilan yurma. Chunki Alloh barcha kibr-havoli, maqtanchoq kimsalarni suymas» (Luqmon surasi, 18).

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Sizlardan ilgari yashab o‘tgan bir kishini takabburlik bilan izorini sudrab yurganida yer yutdi. U qiyomat kunigacha yer (qa’ri)ga kirib ketaverdi» (Buxoriy, Nasoiy va boshqalar rivoyati).

Amr ibn Shu’aybning bobosidan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kunida mutakabbir kimsalar kishi suratidagi chumolilarga o‘xshash holda qayta tiriladilar. Ularni har tomondanxorlik egallab oladi. Ular jahannamdagi «Bulis» deb nomlanadigan zindonga haydaladilar» (Nasoiy, Termiziy rivoyati).



@Sababiyot