Get Mystery Box with random crypto!

Shaxsiyatga o'tmang Inson xato qiladi. Shunisi bilan ham inso | Rustam Karimov blogi

Shaxsiyatga o'tmang

Inson xato qiladi. Shunisi bilan ham insondir. Buni to'g'ri qabul qiling.

Lekin bu "tanqid qilmang" degani emas. Tanqid qiling. Tanqid orqali inson o'z xatosini anglab yetadi va bu xatoni qaytarmaslikka harakat qiladi. To'g'ri tanqid insonni rivojlantiradi.

Faqat, qilingan ishlarni tanqid qiling. Shaxsiyatga o'tmang. Bunga haqqingiz yo'q.

Xato qildimi?

"Bu ishingiz to'g'ri bo'lmabdi", "bu yerda xato qilibsiz", "ishni yaxshi bajarmabsiz" deng.

"Sen faqat o'zingni o'ylaysan", "sen axmoqsan", "nima shuni ham bilmaysanmi" demang.

#Shaxsiy_rivojlanish

@Rustamxon_Karim0v