Get Mystery Box with random crypto!

Dastlab hammasini o'zing qilasan (1 - qism ) Agarda sen yos | Rustam Karimov blogi

Dastlab hammasini o'zing qilasan
(1 - qism )

Agarda sen yosh bo'lib biror bir ishni boshlamoqchi bo'lsang postni diqqat bilan o'qi.

Men o'z yo'nalishda ishni 18 yoshimda boshlaganman. Yozayotganlarimni hammasi realniy

1.Dastlab ish boshlaganingda ( 6 oy yoki 12 oygacha ) o'z yo'nalishingda juda kuchli bo'lmaysan. Shuning uchun ham sen jamoa yig'moqchi bo'lsang jamoang kuchsiz yoki o'rta kuchli bo'ladi. Chunki senda yetarlicha mijoz bo'lmaydi va yaxshi xodim uchun pul ham bo'lmaydi. Keyinchalik bilim va tajribang oshadi jamoani yana 0 dan qurasan kuchki sen u payt dastlabki saviyangda bo'lmaysan. Sekin asta o'zing kuchli bo'lganing uchun jamoang kuchli bo'lib boradi. Allohni taqdiri bilan va seni harakatlaring tufayli jamoangga kuchli xodimlar kelib qo'shiladi. Asta sekin o'z yo'nalishingda muvaffaqiyatga erishib borasan

Ha esingda bo'lsin sen odamlarni har qanday gap so'ziga ishonib ketavermagin. Hammaga bir vaqtda yoqishni iloji yo'q.

(Bundan havotir olma boshlanishi shunday bo'ladi )

2.Dastlabki bosqichda biznesmenliging yoqmasdan realni ishlaysan 25 soat bo'lsa ham. Chunki bu o'zingni ishing. Hammasi sen aytgandek bo'lavermaydi. Hattoki eshikni qulflab olib ishxonangda o'zing farroshlik qilasan. Chunki farroshga to'laydigan yetarlicha pul yo'q bo'ladi.

( Bundan havotir olma boshlanishi shunday bo'ladi )

#Tadbirkorlik

P.s Postni yoshlarga jo'natib qo'yamiz

@Rustamxon_Karim0v